Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
68 
savdo rastalari qatoridan iborat hovli qurilgan. Madrasaning umumiy tuzilishi va ichki 
tarhi an‘anaviy Xiva madrasalari me‘morchiligidan biroz farq qiladi. 
Uning umumiy tarhi – 62,4x49,7 m; hovli – 28,3x28,8 m; darsxona – 5,4x5,4 m; 
masjid – 7,0x7,0 m; savdo qatorlari – 25,0x50,0 m; hovli – 16,9x42,5 metrni tashkil 
etadi. 
Madrasani bunyod etishda har xil o‗lchamdagi g‗isht va toshlardan, loy, 
yog‗och, tunuka, sement, marmar, turli xil qimmatbaho toshlar va shunga o‗xshash 
mahsulotlardan keng foydalanilgan. 
Me‘moriy inshoot Sharq me‘morchiligining yorqin namunasi hisoblanadi. U 
―Chor‖, gumbazsimon uslubda bunyod etilgan. 
Me‘moriy inshoot mustaqillikkacha va mustaqillikdan keyin bir necha bor 
ta‘mirlandi va u YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga 
kiritildi.
Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Xiva shahridagi boshqa me‘moriy 
obidalar qatorida Muhammad Rahimxon madrasasi ham ta‘mirlandi. Me‘moriy obida 
atroflari ko‗kalamzorlashtirilgan holatga keltirildi. Madrasa afsonaviy ko‗rinishini 
Ichan qal‘a shahri tarixiy markazida saqlab qolgan bo‗lib, 1990-yilda Xivadagi ―Ichan 
qal‘a‖ Umumjahon madaniy merosi ro‗yxatiga kiritilgan. 2000-yil 30-avgustda qabul 
qilingan O‗zbekiston Respublikasining ―Madaniy meros obyektlarini muhofazalash va 
ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonuni madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish 
va ulardan foydalanish sohasida jahon talablariga mos qonuniy asosni yaratdi. 
 
Islomxo‘ja minorasi 
 
Xiva shahrida, Ichan qal‘a markazida 
joylashgan Islomxo‗ja minorasi qo‗ng‗irotlar sulolasi 
davrida Vaziri Akbar Islomxo‗ja tomonidan bunyod 
etilgan. 
Islomxo‗ja (1872-1913, Xiva) – Xiva 
xonligining bosh vaziri. Xorazmda jadidchilik 
harakatining o‗ng oqimi rahbarlaridan biri bo‗lgan. 
Islomxo‗ja Muhammad Rahim II va Asfandiyorxon 
hukmronligi davrida Xiva xonligi delegatsiyasi 
tarkibida Sankt-Peterburg va Moskva shaharlarida bir 
necha marta bo‗lgan (1907-1912). Ilg‗or yevropa 
madaniyatini 
targ‗ib 
qilgan. 
Xudoybergan 
Devonovga Xorazmda kino va surat olish ishiga asos solishida homiylik qildi. Uning 
tashabbusi bilan Xiva va boshqa shaharlarda Islomxo‗ja minorasi va madrasasi, 
Nurullaboy saroyi, kasalxona, elektrostansiya qurildi, jadid maktablari va hatto rus 
maktablari ochildi. Asfandiyorxon hukmronligi davrida bosh vazir (1910-1913) bo‗lib, 
xonlikning janubiy qismini idora etgan hamda xorijiy davlatlar bilan bo‗ladigan 
aloqalarni boshqargan. Xonlikni idora etishdagi xizmatlari uchun ―vaziri akbar‖ 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling