Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
77 
muftiy Eshon Boboxon hazratlarining nomini tilga olish maqsadga muvofiqdir. 
Chunki, O‗rta Osiyo va Qozog‗iston musulmonlari diniy idorasi tashkil etilgan 
dastlabki yillardanoq (1943) uning raisi Eshon Boboxon hazratlari shaxsiy 
kutubxonalaridagi mingdan ortiq qo‗lyozma kitoblarni idora kutubxonasiga taqdim 
etgan. Ularning ishlarini, keyinchalik Nodirxon domla 1943-1970-yillarda xalqdan 
sotib olingan yoki hadya tariqasida yig‗ilgan qo‗lyozma va bosma kitoblar hisobiga 
boyitgan. Bu mo‗tabar maskanda xalifa Usmon davrida (644-656) kiyik terisiga hijoz 
xatida yozilgan qadimiy Qur‘oni Karim (Usmon Mus‘hafi) saqlanmoqda. Bu 
muqaddas Qur‘onning eng nodir qo‗lyozmalaridan hisoblanib, XIV asrda Amir Temur 
tomonidan Suriyadan olib kelingan.
Obidaning bugungi kundagi holati haqida fikr yuritadigan bo‗lsak, inshoot 
mustaqillik yillarida ta‘mirlandi. Jumladan, Toshkent shahrining 2200 yilligi 
munosabati bilan shahardagi me‘moriy obidalar qatorida Mo‗yi Muborak madrasasi 
ham ta‘mirlandi. Me‘moriy obida atroflari ko‗kalamzorlashtirildi. Madrasa tomiga 
yangi gumbaz o‗rnatildi. Ganchkori bezaklar Nodir Hoshimov, Sharofuddin 
Ziyovuddinov, Bahodir Ashirov kabi iqtidorli ustalar qo‗lidan chiqdi.
Me‘moriy obidaga hukumatimiz hamda Xalqaro tashkilotlar tomonidan 
berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, inshoot YUNESKO tashkilotining Butun 
Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritlgan. 2007-yil AYSESKO tashkiloti tomonidan 
―Toshkent – islom madaniyatining poytaxti‖ deb e‘lon qilindi. Bu esa nafaqat 
Toshkent, balki butun respublikamizning jahon hamjamiyatida tutgan o‗rniga o‗z 
hissasini qo‗shmay qolmaydi. Bundan tashqari me‘moriy obidaga tashrif 
buyuruvchilarning also keti uzilmaydi. Madrasaga nafaqat O‗rta Osiyo davlatlaridan, 
balki Yevropa mamlakatlaridan ham tashrif buyurishadi. Bundan bilishimiz 
mumkinki, bizning milliy qadamjolarimiz chet davlat vakillarini ham befarq 
qoldirmaydi.
Me‘moriy obidaga hukumatimiz tomonidan berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan 
bo‗lsak, inshootda bir necha bor ta‘mirlash ishlari olib borildi. Jumladan, 2007-yil 
Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me‘moriy obida atrofidagi e‘tiborga molik 
obidalar ham tamirlandi. Bundan tashqari, mamlakatimizda madaniy hamda me‘moriy 
obidalarni huquqiy jihatdan himoyalash va ularni asrash maqsadida bir qator qonunlar 
qabul qilindi. Jumladan, 2000-yil 30-avgustda ―Madaniy meros obyektlarini muhofaza 
qilish va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖ hamda 2008-yil 12-sentabrda ―Muzeylar 
to‗g‗risida‖gi qabul qilingan qonunlarning o‗zi ham buning yorqin dalilidir.

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling