Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
74 
Rivoyatlarga ko‗ra, me‘moriy obida bunyod etilgan joyda ilgari Xristian 
ibodatxonasi bo‗lgan. Ko‗p yillar avval shu yerdan Iso Xristos haykalchasi bilan 
bolalar oltin beshigining topilishi buni isbotlaydi. Inshoot o‗z davrida qurilgan boshqa 
inshootlardan devorlarining qalinligi va nisbatan hashamatdan holiligi bilan ajralib 
turadi.
Inshoot o‗z davrida ta‘lim muassasasi, Ikkinchi Jahon urushi yillarida ombor 
vazifasini bajargan bo‗lsa, mustaqillikdan so‗ng uning vazifasi o‗zgardi, hozirda 
inshoot muqaddas qadamjolarimizdan biri bo‗lib kelmoqda.
Ikkinchi Jahon urushi yillarida qarovsiz ahvolda qolgan madrasada bir necha 
bor ta‘mirlash, tuzatish ishlari olib borilgan. 1904-1905-yillarda Toshkentlik usta Xoja 
Abdul Qosim tomonidan qilingan ta‘mirdan so‗ng hozirgi qiyofasiga keltirilgan. 
Bundan tashqari, inshootda 1946, 1949, 1951, 1967-yillarda va, ayniqsa, 2007-yilda 
ta‘mirlash ishlari olib borildi. Suyunchxo‗ja va egasi noma‘lum bo‗lgan maqbaralar 
ustidagi gumbazlar qayta tiklandi. Olib borilgan ta‘mirlash ishlaridan so‗ng,
Baroqxon madrasasi avvalgi holatidan bezaklarining boyligi va me‘moriy 
o‗lchamlarining uyg‗unligi bilan farq qiladigan bo‗ldi. Madrasa yonidagi kam 
ahamiyat kasb etgan inshootlar buzib tashlanib, madrasa oldida yirik maydon barpo 
etildi. Uning umumiy o‗lchami – 82x44 metr, hovlisi – 46x27 metrni tashkil etadi. 
2009-yil Toshkent shahrining 2200 yilligi tantanalarining nishonlanishi 
munosabati bilan madrasada qisman ta‘mirlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari, 
AYSESKO tashkiloti tomonidan Toshkent shahrining ―Islom madaniyati poytaxti‖ 
deb nom berilishida ham inshootning o‗rni alohida ahamiyatga egadir. 2000-yil 30-
avgustda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining ―Madaniy meros obyektlarini 
muhofazalash va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonuni madaniy meros 
obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida jahon talablariga mos 
qonuniy asosni yaratdi. 
O‗zbekiston Respublikasi hududida dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishida katta 
o‗rin tutgan, asrlar davomida saqlangan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, 
Shahrisabz, Qo‗qon, Marg‗ilon, G‗ijduvon, Vobkent, Termiz va boshqa tarixiy 
shaharlar, mavjud bo‗lgan me‘moriy va tarixiy obidalar davlat muhofazasiga olingan. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling