Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
Mo‘yi Muborak madrasasi
Madrasa Toshkent hokimi Mirzo Ahmad qo‗shbegi tomonidan bunyod etilgan bo‗lib, ―Toshkent tarixi‖ asarining muallifining ma‘lumot berishicha, Ahmad qo‗shbegi asli Qo‗qonlik bo‗lib, tug‗ilgan yili ma‘lum emas. Uning otasi Amir Umarxon davrida Toshkentga yuborilgan mas‘ul olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar.uz 76 shaxslardan biri bo‗lgan. Mirzo Ahmad 1830-1831-yillarda shu shaharning hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. U Qo‗qon xonligidagi munosib xizmatlari va qipchoqlar qirg‗inidagi faol ishtiroki evaziga Xudoyorxon tomonidan Toshkent shahri hokimi lavozimiga tayinlangan. Muhammad Solihxo‗janing yozishicha, Mirzo Ahmad Chor Rossiyasining Toshkentga birinchi hujumi paytida 1864-yili halok bo‗lgan. Mirzo Ahmad qo‗shbegi mazkur madrasaning bekam-u ko‗st faoliyat olib borishi uchun o‗z hokimligi davridayoq eski Toshkent, Saroig‗och va Xonqo‗rg‗onda o‗zlashtirilgan yerlarni hamda boshqa turdagi mulklarni vaqf qilgan. Me‘moriy obida so‗nggi o‗rta asrlarning oxirlarida, ya‘ni 1856-1857-yillarda Toshkentning Hazrati imom mavzesida, Qaffol Shoshiy maqbarasi janubida bunyod etilgan. Me‘moriy obida o‗rnida qurilgan dastlabki inshoot (XVI) nurab, tolibi ilmlar uchun yaramay qolganligi uchun bu madrasa o‗rnida yangi bir madrasani bunyod etish boshlanadi. Eng asosiysi, bu madrasada Muhammad (s.a.v.) payg‗ambarimizning muborak mo‗ylari (soch tolalari) saqlangan. Yangi madrasaning bunyod etilishi ―Muborak mo‗y‖ning saqlanishiga ham xizmat qilgan. Mazkur inshoot bunyod etilgan davrda davlatda Minglar sulolasi hukmronlik qilgan. Madrasaning bunyod etilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan g‗isht, loy, yog‗och, koshin, temir va shunga o‗xshash mahsulotlardan foydalanilgan. Madrasa tarhi ham, me‘moriy yechimi ham o‗ziga xos bo‗lib, uning peshtoqi rangin, naqshinkor gullar bilan bezaklangan. Inshoot tashqi bezaklarida asosan ko‗k rang ustunlik qiladi. Madrasa to‗rtburchak tarhli, gumbazli bo‗lib, uning 13 hujrasi mavjud. Me‘moriy obidaning kiraverish eshiklarining yuqori qismi turli xil gulli kosinkori naqshlar bilan bezaklangan. Bezaklarning ikki chetki qismida gulli naqshlar chizilgan bo‗lib, u guldan boshqa naqshlar tarqagan. Me‘moriy obidaga kiraverish qismi ham me‘morchilik an‘analarini o‗zida yaqqol namoyon etgan bo‗lib, madrasa ichkarisiga naqshinkor qilib ishlangan eshiklardan kiriladi. Eshikdan kiraverishda dunyoga mashhur ―Mus‘hafi Usmon‖ tagkursi ustida turibdi. Madrasaning gumbaz osti naqshlari insonni beihtiyor o‗ziga jalb etadi, naqshlarda asosan yashil, moviy va tilla ranglar mahorat bilan ishlatilgan. Madrasaning boshqa hujralarida turli xil hajmli va turli davrlarda ko‗chirilgan va boshqa tillarga ko‗chirilgan Qur‘on nusxalari saqlanmoqda. Madrasa eshiklari yog‗och o‗ymakorligining yorqin namunasi demakdir. Dastlab inshoot ta‘lim maskani sifatida faoliyat yuritgan. Madrasa Sharq me‘morchilik an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, ―Chor‖ uslubida, eshiklari esa xotamkori uslubida bunyod etilgan. Madrasani bunyod ettirgan Toshkent hokimi Mirzo Ahmad madrasa bitgach, unga Abdulmajidxon eshonni (sobiq muftiy Ziyovuddin eshon Boboxonning bobosi) mudarris etib tayinlagan. Kutubxonaning kitob fondi haqida gapirganda, marhum |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling