Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Norbo‘tabiy madrasasi
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 85 Madrasa Sharq me‘morchilik an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, ―Chor‖ uslubida, eshiklari esa xotamkori uslubida qurilgan. Me‘moriy obidaning dizayni haqida gapiradigan bo‗lsak, manbaalarda aytilishicha, madrasa har xil naqshlar, islimiy naqshlar bilan bazatilib uning ravoqlari, peshtoqlari nihoyatda mahorat bilan qurilgan. To‗rtburchak tarhli uning gumbaz qismi g‗isht o‗ymakorligi asosida bezatilgan bo‗lib, madrasa balandligi 13 metrni tashkil qiladi. O‗zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, mustaqillik yillarida boshqa tarixiy yodgorliklar qatori Mingoyim madrasasi ham qayta ta‘mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining ―Butun Jahon yodgorliklari‖ ro‗yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustdagi ―Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonunga binoan madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi arxivlar Bosh boshqarmasi va joylardagi davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar. 2008-yil 12-sentabrda ―Muzeylar to‗g‗risida‖gi qonun qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar me‘moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir. Norbo‘tabiy madrasasi Norbo‗tabiy madrasasi minglar sulolasiga mansub bo‗lgan Qo‗qon xoni Norbo‗tabiy tomonidan bunyod etilgan. Madrasaning bunyod etilishiga homiylik qilgan Norbo‗tabiy (taxminan 1749- 1798) – Qo‗qon xoni (taxminan 1763-1798), Abdukarimbiyning o‗g‗li, xonlik taxtiga 14 yoshida chiqqan. Namangan beklarining separatizmini bostirgan. Qo‗zg‗olon ko‗targan Xo‗jand bekini yengib, shaharni o‗ziga bo‗ysundirgan. Ammo O‗ratepa nomigagina Buxoroga tobe bo‗lib qolgan. Norbo‗tabiy hukmronligining so‗nggi yillarida akasi Hojibek O‗ratepa va Qurama hokimlari yordamida isyon ko‗tarmoqchi bo‗lgan va To‗raqo‗rg‗on va Andijonni qo‗rg‗on tutgan. Norbo‗tabek Andijonga qo‗shin tortib, akasi bilan sulh tuzgan. Norbo‗tabiy madrasasi Qo‗qondagi Erdonaxon maqbarasi yaqinida, so‗nggi o‗rta asrlarning oxirlarida, 1798-yilda qurilishi nihoyasiga yetgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling