Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
85 
Madrasa Sharq me‘morchilik an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, ―Chor‖ 
uslubida, eshiklari esa xotamkori uslubida qurilgan.
Me‘moriy obidaning dizayni haqida gapiradigan bo‗lsak, manbaalarda 
aytilishicha, madrasa har xil naqshlar, islimiy naqshlar bilan bazatilib uning ravoqlari, 
peshtoqlari nihoyatda mahorat bilan qurilgan. To‗rtburchak tarhli uning gumbaz qismi 
g‗isht o‗ymakorligi asosida bezatilgan bo‗lib, madrasa balandligi 13 metrni tashkil 
qiladi.
O‗zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, 
mustaqillik yillarida boshqa tarixiy yodgorliklar qatori Mingoyim madrasasi ham 
qayta ta‘mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining ―Butun Jahon yodgorliklari‖ 
ro‗yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustdagi ―Madaniy meros obyektlarini muhofaza 
qilish va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonunga binoan madaniy meros 
obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat 
va sport ishlari vazirligi, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi 
arxivlar Bosh boshqarmasi va joylardagi davlat hokimiyati organlari amalga 
oshiradilar. 2008-yil 12-sentabrda ―Muzeylar to‗g‗risida‖gi qonun qabul qilindi. 
Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar me‘moriy inshoot 
muhofazasining huquqiy kafolatidir. 
Norbo‘tabiy madrasasi 
Norbo‗tabiy 
madrasasi 
minglar 
sulolasiga mansub bo‗lgan Qo‗qon xoni 
Norbo‗tabiy tomonidan bunyod etilgan.
Madrasaning 
bunyod 
etilishiga 
homiylik qilgan Norbo‗tabiy (taxminan 1749-
1798) – Qo‗qon xoni (taxminan 1763-1798), 
Abdukarimbiyning o‗g‗li, xonlik taxtiga 14 
yoshida chiqqan. Namangan beklarining 
separatizmini 
bostirgan. 
Qo‗zg‗olon 
ko‗targan Xo‗jand bekini yengib, shaharni 
o‗ziga bo‗ysundirgan. Ammo O‗ratepa 
nomigagina Buxoroga tobe bo‗lib qolgan. Norbo‗tabiy hukmronligining so‗nggi 
yillarida akasi Hojibek O‗ratepa va Qurama hokimlari yordamida isyon ko‗tarmoqchi 
bo‗lgan va To‗raqo‗rg‗on va Andijonni qo‗rg‗on tutgan. Norbo‗tabek Andijonga 
qo‗shin tortib, akasi bilan sulh tuzgan. 
Norbo‗tabiy madrasasi Qo‗qondagi Erdonaxon maqbarasi yaqinida, so‗nggi 
o‗rta asrlarning oxirlarida, 1798-yilda qurilishi nihoyasiga yetgan. 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling