Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 80 Me‘moriy obida 1983-yildan O‗zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarini muhofaza qilish jamiyatining Toshkent bo‗limi, 1996-yildan Xalqaro ―Oltin meros‖ xayriya jamg‗armasining Toshkent shahar bo‗limi va uning xalq amaliy san‘atiga ixtisoslashtirilgan Ustoz-shogird yo‗nalishidagi maktab joylashgan. olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar.uz 81 QO‘QON ME’MORCHILIGI Madrasayi Miyon Hazrat Madrasayi Miyon Hazrat inshooti Miyon Ahad deb atalgan taqvodor shaxs tomonidan bunyod etilgan. Miyon Ahad asli Peshovar (Pokiston)lik bo‗lib, evarasi Abdurahmonning hikoya qilishicha, u Abdusamadboy degan boy bilan tanishib, o‗z oilasi bilan Qo‗qonga ko‗chib kelgan. Ahad o‗zining o‗tkir zehni, diniy bilimlarga boyligi bilan mahalliy aholi o‗rtasida katta e‘tibor qozongan hamda xon huzurida maslahatchi darajasiga ko‗tarilgan. U Pokistondan olgan meros mulkiga shu madrasani qurdirgan. Me‘moriy obida so‗nggi o‗rta asrlar davrida, XVIII asrda bunyod etilgan. Uning qurilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan g‗isht, loy, yog‗och, maxsus ―qir‖ qotishmasidan va shu kabi mahsulotlardan keng foydalanilgan. Madrasa tarhiga ko‗ra murakkab, 3 hovlili; 2 hovli sharq-g‗arb o‗qi bo‗ylab, uchinchi hovlisi esa janubdan yondashgan. Madrasaga kiradigan asosiy yo‗l janubiy hovlining g‗arbidan peshtoq gumbazli darsxona orqali kiriladi. Yog‗ochdan ishlangan darvozani mahalliy usta Iskandarxo‗ja o‗yma naqshlar bilan bezagan. Janubiy hovli (32x26) atrofida hujralar joylashgan, uning janubiy tomonidagi masjid ko‗p ustunli, tarhi to‗g‗ri to‗rtburchak, tekis tomli. Madrasa hovlisining janubi-sharqida uncha katta bo‗lmagan minora saqlangan. Sharqiy hovli (35x20 m) va g‗arbiy hovli (23x11 m) atrofida ham hujralar joylashgan. Sharqida ayvon (saqlanmagan), g‗arbida esa darsxona bor. Madrasa tomlari kulohiy, qubbali va to‗sinli usullarda qoplangan. Tashqarisi sirkor pishiq g‗ishtdan ishlangan, ichi esa ganj qorishmasida suvalgan. Uning bunday hovlilar tizimiga ajratilishi o‗qitiladigan fanlarning guruhlarga bo‗linishi bilan bog‗liq deb taxmin qilinadi. Me‘moriy obidaning uslubi haqida gapiradigan bo‗lsak, inshoot Sharq me‘morchilik an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, ―Chor‖ uslubida bunyod etilgan. Me‘moriy obida ta‘lim maskani vazifasini o‗tagan. Unda diniy bilimlardan tashqari, boshqa fanlar ham o‗qitilgan. Muqimiy ham shu madrasada ta‘lim olganligi tarixiy manbalarda yozib qoldirilgan. Madrasayi Miyon Hazrat Qo‗qonda minglar sulolasi hukmronligi davrida qurilgan ta‘lim muassasasi bo‗lgan. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling