Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 79 Abulqosim Eshon madrasasi Abulqosim Eshon madrasasi o‗z nomidan ham ma‘lumki, Abulqosim eshon tomonidan bunyod etilgan. Abulqosim eshon ibn Eshonto‗raxon (?- 1892) – din arbobi, Toshkentning mashhur eshonlaridan bo‗lgan. Toshkentda tug‗ilgan. Otasi Eshonto‗raxon nafaqat Toshkent, balki butun Qo‗qon xonligi hududida katta nufuzga ega bo‗lgan. Rus tadqiqotchilari (V.N.Nalivkin, N.Likoshin, N.P.Ostroumov va boshqalar) Abulqosim eshon zamonasining aqlli, zukko, bilimli insonlaridan biri ekanligini e‘tirof etishgan. Abulqosim eshon o‗z mablag‗iga madrasa bunyod etgan. Me‘moriy obida Beshyog‗och dahasida 1850-yilda qurdirilgan. Binoning eng eski qismi – xonaqohi Mo‗yi Muborak Abulqosimning otasi Eshonto‗raxon tomonidan 1820-yil bunyod etilgan. Inshoot mang‗itlar sulolasi davrida qurilgan so‗nggi o‗rta asrlarning noyob yodgorligi hisoblanadi. Me‘moriy obidaning qurilishida chorsu pishiq g‗ishtidan, loy, koshin va shunga o‗xshash mahsulotlardan keng foydalanilgan. Madrasani bezashda asosiy e‘tibor bosh tarziga qaratilgan. U chorsu pishiq g‗ishtidan ikki qavatli qilib, sharqqa qaratib qurilgan. Bosh tarzining o‗rta qismida madrasa devori sirtidan 1,82 m bo‗rttirib chiqarib, balandligi 16 metrli peshtoq ishlangan. Uning ikki yonida guldasta minora qad ko‗tarib, ularning tepa qismida XVI-XVII asrga xos mezana bor. Peshtoqning old va yon tomonlari (to dahana asosigacha) va devorning kungurador qismi chorsu pishiq g‗ishtdan tekis qilib ishlangan. Uning yuqori qismi esa sharafa hamda kitoba bilan bezatilgan. Me‘moriy obida o‗zida Sharq me‘morchiligi an‘analarini namoyon qilgan va ―Chor‖ uslubida bunyod etilgan. Madrasa o‗sha davrda qurilgan boshqa madarasalardan o‗zining me‘moriy yechimi bilan ajralib turgan. Abulqosim Eshon madrasasi 1919-yilda barcha diniy tashkilotlar qatorida yopilgan. Madrasa oldidagi hovuz va uning o‗ng tomonidagi hammom 1940-yilda chap tarafidagi ustunli masjid buzilgan. Bugungi holatiga 1982-1987-yillarda olib borilgan ta‘mirlash ishlari natijasida shakllangan. Hozirda madrasa muqaddas qadamjolarimizdan biri hisoblanadi. Abulqosim Eshon madrasasiga mustaqillik yillarida hukumatimiz qolaversa, Xalqaro tashkilotlar tomonidan munosib ravishda e‘tibor qaratilmoqda. Madrasada tarixchi-arxeologlar, arxitektorlar tadqiqot ishlari olib borishdi va u haqida bir qancha ilmiy maqolalar, ilmiy ishlar yozildi. Hozirda madrasa davlat himoyasiga olingan tarixiy-moddiy yodgorlik hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling