Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

Mo‘yi Muborak madrasasi 
Madrasa Toshkent hokimi Mirzo 
Ahmad qo‗shbegi tomonidan bunyod etilgan 
bo‗lib, 
―Toshkent 
tarixi‖ 
asarining 
muallifining ma‘lumot berishicha, Ahmad 
qo‗shbegi asli Qo‗qonlik bo‗lib, tug‗ilgan yili 
ma‘lum emas. Uning otasi Amir Umarxon 
davrida Toshkentga yuborilgan mas‘ul 


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
76 
shaxslardan biri bo‗lgan. Mirzo Ahmad 1830-1831-yillarda shu shaharning hokimi 
lavozimida faoliyat yuritgan. U Qo‗qon xonligidagi munosib xizmatlari va qipchoqlar 
qirg‗inidagi faol ishtiroki evaziga Xudoyorxon tomonidan Toshkent shahri hokimi 
lavozimiga tayinlangan. Muhammad Solihxo‗janing yozishicha, Mirzo Ahmad Chor 
Rossiyasining Toshkentga birinchi hujumi paytida 1864-yili halok bo‗lgan. Mirzo 
Ahmad qo‗shbegi mazkur madrasaning bekam-u ko‗st faoliyat olib borishi uchun o‗z 
hokimligi davridayoq eski Toshkent, Saroig‗och va Xonqo‗rg‗onda o‗zlashtirilgan 
yerlarni hamda boshqa turdagi mulklarni vaqf qilgan. 
Me‘moriy obida so‗nggi o‗rta asrlarning oxirlarida, ya‘ni 1856-1857-yillarda 
Toshkentning Hazrati imom mavzesida, Qaffol Shoshiy maqbarasi janubida bunyod 
etilgan.
Me‘moriy obida o‗rnida qurilgan dastlabki inshoot (XVI) nurab, tolibi ilmlar 
uchun yaramay qolganligi uchun bu madrasa o‗rnida yangi bir madrasani bunyod etish 
boshlanadi. Eng asosiysi, bu madrasada Muhammad (s.a.v.) payg‗ambarimizning 
muborak mo‗ylari (soch tolalari) saqlangan. Yangi madrasaning bunyod etilishi 
―Muborak mo‗y‖ning saqlanishiga ham xizmat qilgan.
Mazkur inshoot bunyod etilgan davrda davlatda Minglar sulolasi hukmronlik 
qilgan. 
Madrasaning bunyod etilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan g‗isht, loy, 
yog‗och, koshin, temir va shunga o‗xshash mahsulotlardan foydalanilgan.
Madrasa tarhi ham, me‘moriy yechimi ham o‗ziga xos bo‗lib, uning peshtoqi 
rangin, naqshinkor gullar bilan bezaklangan. Inshoot tashqi bezaklarida asosan ko‗k 
rang ustunlik qiladi. Madrasa to‗rtburchak tarhli, 
gumbazli bo‗lib, uning 13 hujrasi mavjud. 
Me‘moriy obidaning kiraverish eshiklarining 
yuqori qismi turli xil gulli kosinkori naqshlar bilan 
bezaklangan. Bezaklarning ikki chetki qismida 
gulli naqshlar chizilgan bo‗lib, u guldan boshqa 
naqshlar tarqagan. Me‘moriy obidaga kiraverish 
qismi ham me‘morchilik an‘analarini o‗zida 
yaqqol namoyon etgan bo‗lib, madrasa ichkarisiga 
naqshinkor qilib ishlangan eshiklardan kiriladi. 
Eshikdan kiraverishda dunyoga mashhur ―Mus‘hafi Usmon‖ tagkursi ustida turibdi. 
Madrasaning gumbaz osti naqshlari insonni beihtiyor o‗ziga jalb etadi, naqshlarda 
asosan yashil, moviy va tilla ranglar mahorat bilan ishlatilgan. Madrasaning boshqa 
hujralarida turli xil hajmli va turli davrlarda ko‗chirilgan va boshqa tillarga 
ko‗chirilgan Qur‘on nusxalari saqlanmoqda. Madrasa eshiklari yog‗och 
o‗ymakorligining yorqin namunasi demakdir. Dastlab inshoot ta‘lim maskani sifatida 
faoliyat yuritgan. 
Madrasa Sharq me‘morchilik an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, ―Chor‖ 
uslubida, eshiklari esa xotamkori uslubida bunyod etilgan.
Madrasani bunyod ettirgan Toshkent hokimi Mirzo Ahmad madrasa bitgach, 
unga Abdulmajidxon eshonni (sobiq muftiy Ziyovuddin eshon Boboxonning bobosi) 
mudarris etib tayinlagan. Kutubxonaning kitob fondi haqida gapirganda, marhum 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling