Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

 
Tillashayx masjidi 
 
Ushbu inshoot Toshkentlik mashhur 
shayx Tillashayx tomonidan bunyod etilgan. 
Tillashayx haqida uning avlodlari 
orasida ayrim xotiralar saqlanib qolgan. 
Unga ko‗ra, Tillashayx Xo‗ja Ubaydulla 
Ahror avlodlaridan bo‗lib, Toshkentning 
Parchabof 
mahallasida 
tug‗ilgan. 



olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
78 
yoshligidan savdo-sotiq ishlari bilan shug‗ullangan va keyinchalik taqvodor savdogar 
bo‗lib yetishadi. U Xitoydan qo‗y olib kelib sotish bilan shug‗ullanib, bir yillik 
foydasidan ushbu masjidni bunyod ettirib, mo‗min-musurmonlarga in‘om etadi. 
Tillashayx sho‗rolar davrida o‗z oilasi bilan Sharqiy Turkistonga ketishga majbur 
bo‗ladi va o‗sha yerda vafot etadi. Uning vafot etgan yili ma‘lum emas.
Inshoot XIX asrning oxiri – XX asrning boshida, 1890-1902-yillarda bunyod 
etilgan bo‗lib, bu Chor Rossiyasining O‗rta Osiyodagi mustamlakachilik davriga tog‗ri 
keladi. 
Tillashayx toshkentlik shayxlarning maslahati bilan masjid buynod etishni o‗z 
oldiga maqsad qilib qo‗ygan va uning qurilishini 1890-yili boshlab yuborgan. 
Me‘moriy obidaning bunyod etilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan 
g‗ishtlar, loy, yog‗och, tosh, sopol parchalari va shunga o‗xshash mahsulotlardan 
foydalanilgan. 
Me‘moriy obida o‗zining dizayni bilan o‗z davrida qurilgan boshqa 
masjidlardan ajralib turgan. Inshoot to‗rtburchak tarhli, gumbazsimon, masjidning ikki 
yonida uncha katta bo‗lmagan minoralar bo‗lib, masjidga arkasimon qilib qurilgan 
ayvon orqali kiriladi. Arkalar soni 3 ta. Masjidning tashqi tomoni bezaklardan holi 
bo‗lib, uning ikki yonida masjidga 
yorug‗lik tushishini ta‘minlash uchun 
derazalar (18 ta) o‗rnatilgan. Masjidning 
ichki tarzi tashqi tarzidan mutlaqo farq 
qiladi, undagi ganch naqshlar, gulli 
bezaklar insonni beihtiyor o‗ziga jalb 
qiladi. Masjid ichidagi gumbazosti 
naqshlar ham o‗zining nafisligi bilan 
boshqalaridan ajralib turadi. Masjidni 
yoritish maqsadida qandillar ham 
o‗rnatilgan.
Masjid milliy me‘morchilik an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, ―Chor‖ 
uslubda, eshiklari esa xotamkori uslubida bunyod etilgan.
Me‘moriy obidaning o‗ziga xos tomoni shundaki, uning tashqi tarzida hech 
qanday bezaklarni ko‗rmaymiz, ammo masjidning ichki va tashqi qismi esa bezaklarga 
boyligi bilan ajralib turadi.
Masjidning bugungi kungacha va bugungi kundagi holati haqida gapiradigan 
bo‗lsak, Tillashayx masjidi biroz vaqt faoliyat yuritgandan so‗ng Chor Rossiyasi 
tomonidan yopib qo‗yilgan. Masjid 1945-yil 7-mayda qaytadan ochilgan. Masjid 
1955-1963-yillarda usta Shirin Murodov tomonidan ta‘mirlangan. 2007-yil Hastimom 
majmuasi bunyod etilgan davrda me‘moriy obida atrofidagi e‘tiborga molik obidalar 
ham ta‘mirlandi.
Masjid YUNESKO tashkiloti tomonidan Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga 
kiritildi. Mamlakatimiz tomonidan esa, 2000-yil 30-avgustda ―Madaniy meros 
obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖ hamda 2008-yil 12-
sentabrda ―Muzeylar to‗g‗risida‖gi qabul qilingan qonunlar majmua muhofazasining 
yorqin dalilidir.



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling