Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 77 muftiy Eshon Boboxon hazratlarining nomini tilga olish maqsadga muvofiqdir. Chunki, O‗rta Osiyo va Qozog‗iston musulmonlari diniy idorasi tashkil etilgan dastlabki yillardanoq (1943) uning raisi Eshon Boboxon hazratlari shaxsiy kutubxonalaridagi mingdan ortiq qo‗lyozma kitoblarni idora kutubxonasiga taqdim etgan. Ularning ishlarini, keyinchalik Nodirxon domla 1943-1970-yillarda xalqdan sotib olingan yoki hadya tariqasida yig‗ilgan qo‗lyozma va bosma kitoblar hisobiga boyitgan. Bu mo‗tabar maskanda xalifa Usmon davrida (644-656) kiyik terisiga hijoz xatida yozilgan qadimiy Qur‘oni Karim (Usmon Mus‘hafi) saqlanmoqda. Bu muqaddas Qur‘onning eng nodir qo‗lyozmalaridan hisoblanib, XIV asrda Amir Temur tomonidan Suriyadan olib kelingan. Obidaning bugungi kundagi holati haqida fikr yuritadigan bo‗lsak, inshoot mustaqillik yillarida ta‘mirlandi. Jumladan, Toshkent shahrining 2200 yilligi munosabati bilan shahardagi me‘moriy obidalar qatorida Mo‗yi Muborak madrasasi ham ta‘mirlandi. Me‘moriy obida atroflari ko‗kalamzorlashtirildi. Madrasa tomiga yangi gumbaz o‗rnatildi. Ganchkori bezaklar Nodir Hoshimov, Sharofuddin Ziyovuddinov, Bahodir Ashirov kabi iqtidorli ustalar qo‗lidan chiqdi. Me‘moriy obidaga hukumatimiz hamda Xalqaro tashkilotlar tomonidan berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, inshoot YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritlgan. 2007-yil AYSESKO tashkiloti tomonidan ―Toshkent – islom madaniyatining poytaxti‖ deb e‘lon qilindi. Bu esa nafaqat Toshkent, balki butun respublikamizning jahon hamjamiyatida tutgan o‗rniga o‗z hissasini qo‗shmay qolmaydi. Bundan tashqari me‘moriy obidaga tashrif buyuruvchilarning also keti uzilmaydi. Madrasaga nafaqat O‗rta Osiyo davlatlaridan, balki Yevropa mamlakatlaridan ham tashrif buyurishadi. Bundan bilishimiz mumkinki, bizning milliy qadamjolarimiz chet davlat vakillarini ham befarq qoldirmaydi. Me‘moriy obidaga hukumatimiz tomonidan berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, inshootda bir necha bor ta‘mirlash ishlari olib borildi. Jumladan, 2007-yil Hastimom majmuasi bunyod etilgan davrda me‘moriy obida atrofidagi e‘tiborga molik obidalar ham tamirlandi. Bundan tashqari, mamlakatimizda madaniy hamda me‘moriy obidalarni huquqiy jihatdan himoyalash va ularni asrash maqsadida bir qator qonunlar qabul qilindi. Jumladan, 2000-yil 30-avgustda ―Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖ hamda 2008-yil 12-sentabrda ―Muzeylar to‗g‗risida‖gi qabul qilingan qonunlarning o‗zi ham buning yorqin dalilidir. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling