Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
86 
Me‘moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g‗isht, marmar, quyma ganch, 
parket, har xil o‗lchandagi tosh, yog‗och, tunuka, qimmatbaho toshlar va boshqa 
ashyolar ishlatilgan. 
Me‘moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy shart-sharoitga to‗xtaladigan 
bo‗lsak, Norbo‗tabek davrida Farg‗ona vodiysini birlashtirish jarayoni tugagan, iqtisod 
tiklangan, mo‗l-ko‗lchilik, arzonchilik bo‗lgan. Bu esa Farg‗onaga ko‗chib kelishga
imkon yaratgan. So‗ngra u Qo‗qon vodiyning madaniy-iqtisodiy markaziga aylangan. 
Norbo‗tabiy madrasasi bir qavatli, hovlili, to‗g‗ri to‗rtburchak tarhli (52x72 m), 
4 burchagiga minora guldastalar ishlangan. Hovli (38x38 m) atrofida qator ravoqli 
hujralar joylashgan. Peshtoqi shimolga qaragan. Miyonsaroyning ikkinchi tarafida 
peshtoq bo‗ylab tutashgan gumbazli masjid va 12 ta derazali darsxona mavjud. 
Norbo‗tabiy madrasasining asosiy qismi pishiq g‗ishtdan bunyod etilgan. Xonalarning 
ichki qismi ganjsuvoq qilingan. Madrasaning gumbaz osti sharafasi va mehrobining 
yulduzsimon bezaklari serhasham ko‗rinishda ishlangan. Eshiklari girrix naqshlar 
bilan bezatilgan, ichki qismida esa o‗ymakori islimiy naqshlar qo‗llanilgan. 
Madrasa Sharq an‘analarining gumbazsimon uslubida qurilgan. Norbo‗tabek 
madrasasi o‗z nomidan ham ma‘lumki, ta‘lim maskani sifatida faoliyat yuritgan. 
Madrasa Norbo‗tabiy tomonidan bunyod etilganligiga qaramay, u xalq orasida 
Mir nomi bilan mashhur bo‗lgan. Uning o‗ziga xos tomoni shundaki, inshoot 
Qo‗qonda qad ko‗targanligiga qaramay, uning tashqi ko‗rinishi Buxoro me‘morchilik 
maktabi uslubiga xosligi insonni hayratga soladi. 
Me‘moriy obidaning bugungi kundagi holatiga to‗xtaladigan bo‗lsak, 
Mustaqillikka erishganimizdan so‗ng, yurtimizdagi boshqa me‘moriy obidalar 
qatorida Norbo‗tabiy madrasasi ham ta‘mirlandi. Me‘moriy obida atroflari 2001-yilda 
ko‗kalamzorlashtirilgan. 
Me‘moriy obida, yuqorida aytib o‗tilganidek, mamlakatimiz mustaqilligi 
yillarida qayta ta‘mirdan chiqdi, atroflari ko‗kalamzorlashtirildi. YUNESKO 
tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda 
―Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi 
qonun qabul qilindi. 2008-yil 12-sentabrda ―Muzeylar to‗g‗risida‖gi qonun qabul 
qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar me‘moriy inshoot 
muhofazasining huquqiy kafolatidir. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling