Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 83 U sun‘iy tepalikka baland g‗ishtin poydevorli qilib qurilgan: xon qarorgohi, o‗rda ahli yashaydigan hamda turli maqsadlarda foydalaniladigan yuzga yaqin katta- kichik xonalar, ichki-tashqi xonalardan iborat bo‗lgan. Saroy xonning oilaviy turar- joyi bo‗lishi bilan birga, davlatning bosh boshqaruv apparati ham shu yerda bo‗lgan. Xudoyorxon o‗rdasi qurilgan davrda Qo‗qon xonligining shimoliy chegaralari Podsho Rossiyasi tomonidan bosib olindi va bu hududlarda Yettisuv viloyati tashkil etildi. 1864-yil Chimkent va Turkiston, 1865-yil Toshkentning bosib olinishi bilan Qo‗qon xonligining shimoliy-g‗arbiy hududlari qo‗ldan chiqib ketdi va bu hududlarda dastlab Turkiston viloyati tashkil etilgan bo‗lsa, 1867-yil bu hududlar yanada kengaytirilib, Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. Me‘moriy obida bunyod etilgan davrda Qo‗qon xonligida Minglar sulolasi hukmronlik qilar edi. Me‘moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g‗isht, marmar, quyma ganch, parket, tosh, yog‗och, tunuka, har xil qimmatbaho toshlar va boshqa ashyolar ishlatilgan. Saroyning bosh tarzi bir qavatli qilib bunyod etilgan, pishiq g‗ishtdan (26x26x5 sm) ganj suvoqda terilgan devorlarga bir g‗isht chuqurlikda ravoqlar ishlangan. Peshtoq o‗rda devoridan birmuncha bo‗rttirib oldinga chiqarib qurilgan, baland va hashamatli, peshtoqning ikki yoni va tarzlarining ikki burchaklarida gumbazli mezanalar bilan yakunlangan guldastalar bor. Peshtoqqa uzunligi 40 m bo‗lgan qiya yo‗lka (pandus) orqali o‗tiladi. Xudoyorxon o‗rdasi bosh tarzi ravoqlari, peshtoq va guldastalaridagi handasiy naqshlar koshinlar, sirkori parchinlardan mahorat bilan yaratilgan. Peshtoq orqali to‗rtburchak tarhli darvozaxonaga o‗tiladi, darvozaxona gumbazi o‗zaro kesishgan ravoqli asos ustiga qo‗yilgan; gumbaz usti, o‗z navbatida, qubbali mezana bilan yakunlangan, undagi panjarali darchalar orqali ichkariga yorug‗lik tushadi. O‗rdaning bosh tarzi, xonalar koshinlar, o‗yma ganchkori naqshlar bilan bezatilgan, shiftlari hovuzakli bo‗lib, ularga gullar solingan, xonalarning tepa qismi sharafalar bilan hoshiyalangan. Saroyning umumiy ko‗rinishi 3 qismdan iborat bo‗lgan. Birinchi qism xon saroyi, majlislar o‗tkaziladigan va davlat ishlari yuritiladigan xonalardan iborat bo‗lsa, ikkinchi va uchunchi qismlar (ichki qismlar) xon harami va istiqomat xonalaridan iborat bo‗lgan. Me‘moriy obida Sharq an‘analari asosidagi gumbazsimon, to‗g‗ri to‗rtburchak, ―Chor‖ uslubida qurilgan. Ushbu inshoot faqat bitta hukmdor tomonidan qurilgan va faqat shu hukmdorgina ushbu saroydan davlat boshqaruvida va boshqa jabhalarda faoliyat yurita olgan. O‗rdaning Farg‗ona vodiysidagi boshqa tarixiy inshootlardan farqli jihati shundaki, u davlat hukmdorining saroyi hisoblangan. Xudoyorxon o‗rdasining 1998, 2002-yillarda ta‘mirtalab qismlari tiklandi. 1924-yilda Xudoyorxon o‗rdasida Qo‗qon xonligi yutuqlari ko‗rgazmasi ochilgan. 1925-yildan saroyda Qo‗qon shahar o‗lkashunoslik muzeyi faoliyat ko‗rsatib kelmoqda. O‗zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, mustaqillik yillarida boshqa tarixiy yodgorliklar qatori Xudoyorxon saroyi ham qayta ta‘mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling