Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mingoyim madrasasi
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 84 kiritildi. 2000-yil 30-avgustdagi ―Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonunga binoan madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi arxivlar Bosh boshqarmasi va joylardagi davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar. 2008- yil 12-sentabrda ―Muzeylar to‗g‗risida‖gi qonun qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar me‘moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir. Mingoyim madrasasi Mingoyim madrasasi minglar sulolasiga mansub bo‗lgan Qo‗qon xoni Olimxon tomonidan bunyod etilgan. Olimxon (1762-1810) – Qo‗qon xoni (1798-1810), Norbo‗tabiyning o‗g‗li. Uning davrida saltanat hududini kengaytirish davom ettiriladi. U Ohangaron, Chimkent, Sayram, Toshkent viloyatining hammasini, Rossiyaga boruvchi karvon yo‗llaridagi muhim manzilgohlarni zabt etadi. U Buxoro amirligiga qarshi turishga kuchi yetishiga ishongan holda 1805-yil ―xon‖ rutbasini qabul qiladi, davlati esa Qo‗qon xonligi deb atala boshlandi. Poytaxt — Qo‗qonning siyosiy ahamiyati oshgan. Olimxon tog‗li tojiklar: qorateginlar, sho‗g‗nonliklar, badaxshonliklar, eroniylar va boshqalardan iborat yollanma qo‗shin tuzgan. Bu qo‗shin hokimiyatni markazlashtirish uchun kurashda uning tayanchi bo‗lgan. Olimxon davrida Rossiya bilan Qo‗qon xonligining birinchi marta savdo aloqalari o‗rnatilgan. U diniy sohada ham o‗zgarishlar qilishga intilgan, xususan, diniy unvon hisoblangan «eshon»ni bekor qiladi, kambag‗al, bechoralarga va qalandarlarga yer maydonlari va chorva mollari beradi va shu bilan ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qiladi. Ayrim diniy arboblarni imtihon qiladi va yolg‗onchiligi fosh qilinganlarni jazolaydi. Ulamolar uning bu xatti-harakatlaridan norozi bo‗ladilar. Uning Toshkentdaligidan foydalanib fitna uyushtiradilar, u o‗ldirildi, deb mish-mish tarqatadilar. Taxtga uning ukasi Umarxon o‗tqaziladi. Olimxon xiyonatni bilib qolib, qisqa yo‗l bilan Qo‗qonga jo‗naydi va yo‗lda qo‗yilgan pistirma uni otib o‗ldiradi. Olimxon onasi Mingoyimga atab dastlab xonaqoh qurdirgan (1800-yil). Xonaqohning orqa tomonida huddi shu nomda madrasa qurilishi boshlandi (1801-yil). Tarixiy manbalarda aytilishicha, qurilishga qo‗qonlik me‘mor Siddiqhoji rahbarlik qilgan. Dastlab yotoqxona, so‗ng qaznoq, undan keyin madrasa qurildi. 1875-1876- yillarda Qo‗qon xonligida yuz bergan qo‗zg‗olonlar va Chor Rossiyasi armiyasining bosqinchilik yurishlari tufayli Mingoyim me‘moriy obidasiga zarar yetadi. Ushbu madrasa so‗nggi o‗rta asrlarning oxirlarida, 1800-1802-yillar oralig‗ida bunyod etilgan. Me‘moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g‗isht, marmar, quyma ganch, parket, har xil o‗lchandagi tosh, yog‗och, tunuka, qimmatbaho toshlar ishlatilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling