Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

Xudoyorxon saroyi 
 


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
82 
Xudoyorxon 
saroyi 
minglar 
sulolasiga 
mansub 
Qo‗qon 
xoni 
Xudoyorxon tomonidan bunyod etilgan.
Xudoyorxon (1831–1882) uch 
marta – 1845, 1862, 1865-yillarda 
taxtga chiqib (1845-1875-yillarda tanaffuslar bilan: 1845-1858; 1862-1863; 1865-
1875), umumiy hisobda chorak asr hukmronlik qilgan. Sheralixonning o‗g‗li. 
Qaynotasi Musulmonqul tomonidan taxtga o‗tqazilgan. Ammo yosh bo‗lganligi 
tufayli amalda davlat ishlarini Musulmonqul boshqarib borgan. Eng muhim 
lavozimlar qipchoqlar qo‗liga o‗tadi va ular xohlaganicha beboshliklar qila 
boshlaganlar. Natijada ichki kurash kuchayib, 1853-yilda qipchoqlar qirg‗ini 
boshlangan. Buning oqibatida 20 mingga yaqin qipchoqlar o‗ldirilgan, 
Musulmonqul esa Qo‗qonda dorga osilgan. Shu yildan Xudoyorxon davlatni
mustaqil idora qila boshlagan. Ammo tajribasizligi tufayli ko‗p xatolarga yo‗l 
qo‗ygan. Bundan foydalangan akasi Mallabek taxt uchun kurashni boshlab yuborib, 
1858-yilda o‗zini Qo‗qon xoni deb e‘lon qilgan. Xudoyorxon Buxoroga qochishga 
majbur bo‗lgan. 1863-yilda Buxoro amiri Muzaffar yordamida Qo‗qon taxtiga 
qayta o‗tirgan. Ammo Musulmonqulning o‗g‗li mingboshi Alimqul xonzodalardan 
bo‗lmish yosh Said Sultonmurodni xon deb e`lon qiladi va Xudoyorxonni yana 
Buxoroga qochishga majbur etgan. Alimqul amir ul-umaro bo‗lib, amalda davlat 
ishlarini yakka o‗zi boshqarib borgan. Qo‗qon xonligidagi ichki kurashlardan 
foydalangan Rossiya imperiyasi xonlikka tegishli Turkiston, Chimkent (1864) va 
Toshkentni (1865) bosib olgan. 1865-yilda Qo‗qon taxtiga Xudoyqul 
(―Belboqchixon‖ degan laqabi ham mavjud) o‗tirgan. Ammo u 14 kundan so‗ng 
xazinani o‗zi bilan olib Qashqarga qochib ketgan. Bundan foydalangan 
Xudoyorxon yana taxtga chiqqan. 1875-yil iyul oyida Po‗latxon va unga ergashgan 
ukasi Sulton Murodbek, o‗g‗illari Nasriddin, Muhammad Aminbek, shuningdek, 
sobiq sarkardalari Iso avliyo, Abdurahmon oftobachilarning birlashgan 
qo‗shinlariga tob berolmay Xo‗jandga qochishga majbur bo‗ladi. Oradan bir necha 
kun o‗tgach, Turkiston general-gubernatori fon Kaufman chaqirig‗i bilan 
Toshkentga kelib, o‗sha yilning 12-avgustida: ―Peterburgga, imperator huzuriga 
borasan‖, deb aldab, Rossiya ichkarisiga jo‗natib yuboriladi. Imperatorning maxfiy 
topshirig‗i bilan Orenburg general-gubernatori Krijanovskiy tomonidan o‗sha 
shaharda majburiy ushlab qolinadi va ikki yildan ziyodroq xonaband holda 
saqlanadi. Nihoyat, u 1877-yil Turdiali ismli harbiy bilan til topishib, uning 
yordamida avval Afg‗oniston, so‗ng Eron hududi orqali haj niyatida Makkaga 
boradi. Haj ziyoratidan so‗ng Iroq, Hindiston va boshqa mamlakatlarda bo‗ladi. 
Qaytishda Afg‗onistonning Karrux manzilida 1882-yil dunyodan ko‗z yumadi.
Xudoyorxon saroyining qurilishi songgi o‗rta asrlarning oxirgi bosqichiga, Chor 
Rossiyasining O‗rta Osiyoni zabt etilishining birinchi va ikkinchi bosqichi davriga 
to‗g‗ri keladi. 
Saroy 1863-1870-yillar oralig‗ida qurilgan.



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling