Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
90 
Keyingi paytlarda esa yo‗l quruvchi tashkilotlarning tarixiy yodgorliklarga 
e'tiborsizligi natijasida Sardoba bilan Raboti Malik o‗rtasini ikkiga kesuvchi avtomobil 
trassasi o‗tkazildi va bu joyning xarobaga aylanishi tezlashdi. 
Bugun Raboti Malik xarobalarida N.B.Nemseva boshchiligidagi bir guruh olim 
va tadqiqotchilar arxeologik tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ular bu joy haqida 
yangi tarixiy ma'lumotlarni kashf etmoqdalar. Jumladan, mustaqillikning birinchi 
yillarida N.B.Nemseva, M.Xushnazarovlar boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi bu 
joydan Amir Temur davrida zarb etilgan tangani va eski asfalt yo‗li qoldiqlari ostidan 
oziq-ovqat mahsulotlarini salqin saqlaydigan to‗la omborxonani topdilar. 
Demak, Raboti Malikning ulkan hududda qoraxoniylar davrida tashkil topishi, bir 
tomondan, Bolasog‗un bilan uzoq va yaqin viloyatlar o‗rtasida aloqalarning muttasil 
ravishda olib borilishiga hamda savdo-karvon yo‗lining jonlanishiga olib kelgan 
bo‗lsa, ikkinchi tomondan, xon va eloqxonlarning bunday yo‗llar orqali yurishlarining 
uzluksiz bo‗lib turishi karvon yo‗lida nafaqat oddiy rabot-u karvonsaroylarning qad 
ko‗tarishiga, balki yirik shaharlarga yaqin joylarda podshohlar uchun ham maxsus 
shohona, muhtasham rabotlar va sardobalar qurilishini talab etardi. Shularni nazarga 
olsak, Raboti Malik podshohlar qo‗nalg‗asi sifatida talqin etilsa shubhaga o‗rin 
qolmaydi. Chunki Raboti Malik toponimi etimologiyasining o‗zi ―Hukmdor Raboti‖ 
ma'nosini anglatadi. 
 
Qosim shayx xonaqohi 
Qosim 
shayx 
xonaqohi 
Navoiy 
viloyatining Karmana tumanida shayboniylar 
sulolasiga mansub bo‗lgan Buxoro xoni 
Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan. 
Memoriy obidaning bunyod etilishida 
rahnamolik qilgan shaxs – Markaziy Osiyo 
tarixida alohida mavqega ega bo‗lgan, 
shayboniylar hukumronligi davrida chuqur iz 
qoldirilgan shaxslardan biri Abdullaxon ibn 
Iskandarxon ibn Jonibekxondir. Buxoro xoni Abdullaxon o‗zining mashhur Jo‗ybor 
shayxlaridan (xo‗jalaridan) bo‗lgan pirlaridan biri Qosim Shayx Azizonga atab ushbu 
xonaqohni bunyod ettirgan. Qosim Shayxi Azizon (XVI asr boshi – Karmana – 1578) 
– tasavvuf tariqatining yirik namoyandasi, shayx. Abdullaxon II ning piri. U
tasavvufning jahriya sulukiga mansub. Uning kamolga yetishida Shayx Xudoydod 
Valiyning ta‘siri katta bo‗lgan. ―Abdullanoma‖ asarida yozilishicha, Qosim Shayx 
shayboniy sultonlar o‗rtasidagi o‗zaro urushlarni to‗xtatib, Turkistonni yagona 
davlatga birlashtirish g‗oyasini oldinga surgan hamda bu yo‗lda qat‘iy siyosat 
yuritayotgan Abdullaxon II ni faol qo‗llab-quvvatlagan. U shayboniy sultonlarni bir 
necha marta o‗zaro yarashtirgan va sulh tuzishga erishgan (1554, 1558, 1569 va b.). 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling