Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
89 
Devor yuqorisida forscha yozuv bo‗lib, unda ―Jahon Sultoni tomonidan qurilgan 
bu bino Allohning ijobati bilan jannatga aylanur‖ so‗zlari bitilgan. Janubi-g‗arbdagi 
minora yozuvida esa Qur‘oni Karimning 3-surasidan oyat bitilgan. Shuningdek
ko‗shk ostida ganchdan yasalgan ikki qator yirik sharafa kufiy xat halqasi ko‗zga 
tashlanadi. 
Rabot devorlari o‗zagi xom g‗ishtdan (28x28x6,5 sm) terilgan, tashqarisi pishiq 
g‗isht (24x24x4 sm) bilan qoplangan. 
Raboti Maliqda katta karvonsaroy bo‗lib, uning maydoni 400 kv.m atrofida 
bo‗lgan. Unda 10 qator qilib, oltitadan diametri 1 mm baland eshik ustunlar 
o‗rnatilgan. Ustunlar o‗rni hozirga qadar saqlanib qolgan. Oltmish ustunli bunday 
saroy Markaziy Osiyodagi eng katta karvonsaroylardan bo‗lib, taxmin qilinishicha, bu 
yerda tuya, ot va ularning yuklari saqlangan. Karvonsaroy devorlarining to‗rtta 
burchagida 18 metrli 4 ta minora bo‗lgan va ―Guldasta‖ deb atalgan. Karvonsaroy 
ichida sopoldan yasalgan quvurlar orqali sardobadan vodoprovod o‗tkazilib, 
yo‗lovchilar suv bilan ta'minlangan. 
Raboti 
Malikdagi 
karvonsaroyda 
hududimiz 
aholisi 
ham 
o‗zining 
hunarmandchilik, zargarlik, tosh va marmar buyumlari orqali chet el savdogarlari bilan 
tovar ayirboshlab, savdo-sotiq ishlarini olib borgan. 
Raboti Maliqdagi ba'zi me'morchilik motivlari Arabota maqbarasi, Mog‗oki 
Attori masjidi (IX-X asrlar) bezaklarida ham uchraydi. 
Tarixiy manbalarda yozilishicha, 1238-yilda Raboti Malikda mo‗g‗ul istilochilari 
ustidan Mahmud Torobiy g‗alaba qozonganligi va keying janglarda o‗zining eng yaqin 
safdoshi Shamsiddin Mahbubiy bilan birgalikda shu yerda shahid bo‗lgan. 
XIX asr oxirida Raboti Malikdagi saroylar ancha xarobaga aylanganligi N. Maev 
ekspeditsiyasi davomida aniqlangan. 
1924-1925-yillar davomida Buxoro Xalq Respublikasi ixtiyorida bo‗lgan tarixiy 
yodgorliklar Sredazkomstaris ixtiyoriga o‗tadi. Sredazkomstaris 1925-yilning kuzida 
Raboti Malikning xarobalarini tekshirish uchun injener V.A.Krasilnikov va arxeolog 
V.R.Cheylitkoni safarga yo‗llaydi. Ular bu joyni ta‘mirlash haqida takliflar kiritadilar. 
1926-yili arxeolog olim Muso Saidjonov, V.K.Kostkova, injener M.M.Loginov 
boshchiligidagi ekspeditsiya Raboti Malikda bir necha kun bo‗lib, bu joyni o‗rganish 
va ta‘mirlash rejalarini tuzadi. 1927-yilda B.N.Zasipkinning tavsiyasi bilan Raboti 
Malikda ta‘mirlash ishlari boshlangan. 
1934-yil may oyida Karmana rayon ijroiya komiteti Raboti Malik tarixiy 
yodgorligining g‗ishtlarini olib, boshqa qurilishlarga ishlatish uchun ruxsat so‗rab, 
O‗zkomstaris (Yodgorliklarni asrash va himoya qilish Respublika tashkiloti)ga 
murojaat qiladi. Yaxshiyamki, tashkilot bu taklifni rad etib, Raboti Malikni buzishga 
qarshilik ko‗rsatadi. Shundan keyingi davrda Raboti Malikni o‗rganish va ta‘mirlash 
ishlari o‗z holiga tashlab qo‗yilgan. Faqat 1973, 1975, 1977-yillarda bir guruh 
arxeolog va arxitektorlar inshootni o‗rganishga muvaffaq bo‗ldi. Bryuxovetskaya 
boshchiligida Raboti Malikda arxeologik tadqiqotlar olib boradilar. Bu ishda 
O‗zbekiston Respublikasidagi Madaniyat vazirligiga qarashli Hamza nomidagi 
San'atshunoslik institutining N.B.Nemseva boshchiligidagi olimlari ham ishtirok 
etadilar. 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling