Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 88 Mahalliy hokimlikning, Respublika yodgorliklarini ta'mirlash viloyat bo‗limining sa‘y-harakati bilan Mir Sayyid Bahrom maqbarasi bugungi kunda atrofi obodonlashtirilib, uning yonida katta ―Yoshlik‖ bolalar istirohat bog‗i tashkil etilgan. Bog‗da 140 o‗rinli yozgi kinoteatr, musiqa maktabi, o‗quvchilar uyi faoliyat yuritmoqda. Karmanaliklar har yili Mustaqillik, Navro‗z sayillarini ana shu maqbara qarshisidagi bog‗da o‗tkazishni odat qilganlar. Raboti Malik Raboti Malik karvonsaroyi Karmanadan 18 km g‗arbda joylashgan, Cho‗li Malikda barpo etilgan o‗z davrining buyuk qasrlaridan biri bo‗lgan. Rabotlar arablar Sharqqa qarab yurish boshlagan paytlardan boshlab, chegaralarda otliq soqchilarning turishlari va chegarani qo‗riqlashlariga mo‗ljallab qurila boshlangan. Dastlabki rabotlar VIII asrda Xurosonda vujudga kelgan. VIII asrda ummaviylar xalifasi Amros ibn Abdulloh (727-729 yillar) birinchi rabotni qurdirgani haqida ma'lumotlar mavjud. Bular orasida Xurosondagi IX asr yodgorliklari – Raboti Sharif va Raboti Sulton eng mashhurlari bo‗lgan. Keyinchalik rabotlar yo‗llar ustida qurilib, ular mehmonxona vazifasini bajarib kelgan. Xuddi shuningdek, Cho‗li Malikda qurilgan Raboti Malik ham Buyuk Ipak yo‗li ustida qurilgan karvonsaroy – mehmonxona vazifasini bajargan. Raboti Malik Markaziy Osiyodagi eng qadimgi monumental arxitektura yodgorligi hisoblanadi. U karvonsaroydan tashqari, atrof va chegarani qo‗riqlash istehkomi vazifalarini ham bajargan. Shuningdek, Karmana va Tavois o‗rtasida Buyuk Ipak yo‗lidan o‗tuvchi yo‗lovchilar uchun muhim va zaruriy qo‗nalg‗a xizmatini ado etgan. Raboti Malik 1069-1079-yillar orasida Buxoroda hukmronlik qilgan qoraxoniy sultonlardan bo‗lgan Tamg‗achxon Ibrohim (1046-1068)ning o‗g‗li Malik Shamsulmulk Nosir ibn Ibrohim (1068-1080) davrida qurilgan. Shamsulmulk Buxoroning mahalliy noiblaridan biri bo‗lib, Buxoro va unga qarashli hududlar atrofida qator imoratlar qurdirgan. Raboti Malik chorsu hovli va atrofini o‗ragan xona – hujralardan iborat bo‗lib, unga janub tomondagi peshtoqli darvoza orqali kirilgan. Bino tashqi kungurador devorlarining uzunligi 100 metrga yaqin bo‗lib, balandligi 12 metrgacha bo‗lgan. Devorning balandligi uning orqasidagi xonalar ikki qavatli bo‗lganligidan darak beradi. Rabotning o‗rtasida ulkan peshtoq bo‗lib, uning bo‗yi 18 metr, eni 12 metrni egallagan. Darvoza qurilishi jihatdan Markaziy Osiyodagi qadimgi me'moriy bino hisoblanib, unda sakkiz qirrali yulduzlar, turli geometrik shakllar mavjud. Peshtoq chekkasida ikki burj yasalib, ular o‗zaro baland devor bilan o‗ralgan. Devor o‗rtasida pil – tovar burjlar qatori tepasi kichrayuvchi ravoqlar bilan bog‗langan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling