Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 91 Abdullaxon II hokimiyat tepasiga kelgach (1557), Karmanada shayx uchun muhtasham xonaqoh qurdirgan (1558). Zamondoshlari tomonidan Qosim Shayxga ―Hazrati Eshon‖, ―Qutb ul-avliyo‖, ―Shayxi Azizon‖ kabi unvonlar berilgan. Xonaqoh so‗nggi o‗rta asrlarning boshlarida, 1558-yil bunyod etilgan. Me‘moriy obidani bunyod etilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan g‗isht (―Abdullaxon g‗ishti‖), loy, yog‗och, maxsus ―qir‖ qotishmasidan va shunga o‗xshash mahsulotlardan foydalanilgan. Qoshimshayx xonaqohi gumbazli bo‗lib, uning balandligi 14 metrni tashkil etadi. Qosim Shayxning sag‗anasi xonaqohining sharqiy tomonida joylashgan. Sag‗ana atrofi 5-6 metr bo‗lib, pishiq g‗isht bilan terib chiqilgan. Balandligi 1,5-2 metr. U marmar toshlar va ―Abdullaxon g‗ishti‖ deb ataluvchi g‗ishtlar bilan terib chiqilib, ayrim joylari Qur‘oni Karim oyatlari yozilgan marmar toshlar bilan qoplangan. Hozir ham bu toshlarning ba‘zilari saqlanib qolgan. 1910-yilda inshoot atrofi devor bilan o‗ralib hazira tarzida qo‗shimcha binolar (ziyoratxona, masjid, ayvon va boshqa xonalar ) qurilgan. Xonaqoh Sharq me‘morchilik an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, ―Chor‖ uslubida bunyod etilgan. Me‘moriy obidaning o‗ziga xos tomoni shundaki, inshoot gumbazi, uning qafasasining ulug‗vorligi va o‗ziga xos balandligi bilan ajralib turadi. Inshoot 1975-yilda qayta ta‘mirlangan va ayni paytda yodgorlik ichida muzey tashkil etilgan. Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizning barcha tarixiy obidalari qatoriga Qosim shayx yodgorlik majmuasi O‗zbekiston tarixiy yodgorliklarini asrash tashkiloti muhofazasiga olingan. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 1999-yil 27-mayda ―Navoiy viloyati tarkibida Karmana tumanini tashkil etish to‗g‗risida‖gi Farmonida Karmananing bir qancha yodgorliklari qatori Qosim Shayx me‘morchilik majmuasini ham qayta ta‘mirlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ko‗rsatilgan. Navoiy viloyat va shahar hokimliklari tashabbusi bilan Karmana shahri fuqarolari ishtirokida Qosim shayx yodgorlik majmuasi qisman ta‘mirlanib, bu joy ancha obodonlashtirildi. Inshoot YUNESKO tashkiloti tomonidan Butun jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritilgan. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling