Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 74 Rivoyatlarga ko‗ra, me‘moriy obida bunyod etilgan joyda ilgari Xristian ibodatxonasi bo‗lgan. Ko‗p yillar avval shu yerdan Iso Xristos haykalchasi bilan bolalar oltin beshigining topilishi buni isbotlaydi. Inshoot o‗z davrida qurilgan boshqa inshootlardan devorlarining qalinligi va nisbatan hashamatdan holiligi bilan ajralib turadi. Inshoot o‗z davrida ta‘lim muassasasi, Ikkinchi Jahon urushi yillarida ombor vazifasini bajargan bo‗lsa, mustaqillikdan so‗ng uning vazifasi o‗zgardi, hozirda inshoot muqaddas qadamjolarimizdan biri bo‗lib kelmoqda. Ikkinchi Jahon urushi yillarida qarovsiz ahvolda qolgan madrasada bir necha bor ta‘mirlash, tuzatish ishlari olib borilgan. 1904-1905-yillarda Toshkentlik usta Xoja Abdul Qosim tomonidan qilingan ta‘mirdan so‗ng hozirgi qiyofasiga keltirilgan. Bundan tashqari, inshootda 1946, 1949, 1951, 1967-yillarda va, ayniqsa, 2007-yilda ta‘mirlash ishlari olib borildi. Suyunchxo‗ja va egasi noma‘lum bo‗lgan maqbaralar ustidagi gumbazlar qayta tiklandi. Olib borilgan ta‘mirlash ishlaridan so‗ng, Baroqxon madrasasi avvalgi holatidan bezaklarining boyligi va me‘moriy o‗lchamlarining uyg‗unligi bilan farq qiladigan bo‗ldi. Madrasa yonidagi kam ahamiyat kasb etgan inshootlar buzib tashlanib, madrasa oldida yirik maydon barpo etildi. Uning umumiy o‗lchami – 82x44 metr, hovlisi – 46x27 metrni tashkil etadi. 2009-yil Toshkent shahrining 2200 yilligi tantanalarining nishonlanishi munosabati bilan madrasada qisman ta‘mirlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari, AYSESKO tashkiloti tomonidan Toshkent shahrining ―Islom madaniyati poytaxti‖ deb nom berilishida ham inshootning o‗rni alohida ahamiyatga egadir. 2000-yil 30- avgustda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining ―Madaniy meros obyektlarini muhofazalash va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonuni madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida jahon talablariga mos qonuniy asosni yaratdi. O‗zbekiston Respublikasi hududida dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishida katta o‗rin tutgan, asrlar davomida saqlangan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, Shahrisabz, Qo‗qon, Marg‗ilon, G‗ijduvon, Vobkent, Termiz va boshqa tarixiy shaharlar, mavjud bo‗lgan me‘moriy va tarixiy obidalar davlat muhofazasiga olingan. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling