Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
70 
Nurullaboy saroyi
Nurullaboy saroyi Asfandiyorxonning sobiq 
rasmiy qabulxonasi (XX asrda). Bu saroy-bog‗ni 
qo‗ng‗irotlar 
sulolasiga 
mansub 
Xiva 
xoni 
Muhammad Rahimxon II Feruz o‗g‗li Asfandiyorxon 
uchun qurdirgan (Nurullaboy degan shaxsning bog‗i 
o‗rniga qurilgani uchun Nurullaboy saroyi deb 
ataladi).
Nurullaboy saroyi yangi davrning dastlabki 
davrlarida (mustamlaka davrida), 1904-1912-yillarda bunyod etilgan. 
Me‘moriy obidaning qurilishida pishgan g‗isht, sement, tosh, tunuka va 
yog‗ochdan foydalanilgan. 
Nurullaboy saroyi 9 ta katta-kichik xonalar, darvozaxona, saroy, qabulxona
arzxona, Madrasa, xizmatchilar uchun turar-joy, bog‗, gulzorli hovlilardan iborat. 
Majmuaga (185,6x143,0 m) janubdagi ariq ustiga qurilgan ko‗prik orqali darvozadan 
kiriladi. Darvozaxonaning dalonida bir necha xonalar bor. Saroy to‗g‗ri to‗rtburchak 
tarhli (87,1x65,0 m), 4 hovlili, qal‘aband devor (bal. – 7,5 m) bilan o‗ralib, burjlar 
ishlangan. 3 hovlida 2 qavatli, janubiy-g‗arbiy hovlida 1 qavatli xonalar joylashgan. 
Bosh tarzi darvozasi madrasa, turar-joy va arzxona bilan o‗zaro bog‗langan. Saroy 
shimolidagi 2 hovli ayvonlarning tomi ikkinchi qavat uchun o‗tish joyi vazifasini 
o‗taydi. Katta hovli saroyning shimoliy-g‗arbiy qismini egallagan. Hovlida quduq 
mavjud. 
Qabulxona (27,5x32,1 m) saroyning shimoliy-sharqida, o‗ziga xos yevropacha 
uslubda qurilgan. Bosh tarzi janubga qaratilgan. 1 qavatli, 7 xonasi bor. Old va orqa 
tomoni ayvonli. 
Arzxona (82,0x71,0 m) saroyning sharqida joylashgan. Tarhi «Г» shaklida
janub qismi uch burchakli, shimol va g‗arbga qaratilgan ayvonlari mavjud. 
Madrasa bosh tarzi sharqqa qaragan. Janubiy-sharqiy burchagida 4 ustunli 2 
qavatli masjid, shimoliy-g‗arbida ayvon, hovli atrofida darsxona va hujralar 
joylashgan. Tashqi devorlari va 4 burchagidagi guldastalar pishiq g‗isht va koshin 
bilan bezatilgan. Bog‗ saroyga tushgan bo‗lib, baland qal‘aband devor bilan o‗ralgan, 
burjlar ishlangan. Bog‗ning 3 tomonida eshik bo‗lib, 2 eshik saroy bilan, sharqdagisi 
arzxona, qabulxona bilan bog‗langan. Bog‗ o‗rtasida 8 qirrali hovuz bor. 
Nurullaboy saroyining ganchkor devorlari oltin va kumush bilan zarhallangan, 
zalning «oltin shifti» nihoyatda ko‗rkam, undagi murakkab girrix naqshlar o‗ziga xos, 
ichki va tashqi darvozalari, eshiklari, ayvon ustunlaridagi naqshlar Xorazm yog‗och 
o‗ymakorligining yuksak namunasidir. Qabulxonadagi baland eshiklar, katta rangdor 
oynalar, parket pollar va koshinkor pechlar yevropa me‘morchiligi bilan 
uyg‗unlashgan. Tashqi tomoni silliq g‗ishtlar va feruza rang koshinlar bilan shaxmat 
taxtasi shaklida bezatilgan.
Uni qurishda ganchkor ustalar Xudoybergan hoji, usta Nurmat, Ro‗zimat 
Masharipov, yog‗och o‗ymakorligi va uni bo‗yash ustalari Bobojon Qalandarov, Ota 
Shayx, Ismoil Abduniyozov, g‗isht teruvchi Quryoz Bobojonov va b. qatnashgan. 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling