Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 68 savdo rastalari qatoridan iborat hovli qurilgan. Madrasaning umumiy tuzilishi va ichki tarhi an‘anaviy Xiva madrasalari me‘morchiligidan biroz farq qiladi. Uning umumiy tarhi – 62,4x49,7 m; hovli – 28,3x28,8 m; darsxona – 5,4x5,4 m; masjid – 7,0x7,0 m; savdo qatorlari – 25,0x50,0 m; hovli – 16,9x42,5 metrni tashkil etadi. Madrasani bunyod etishda har xil o‗lchamdagi g‗isht va toshlardan, loy, yog‗och, tunuka, sement, marmar, turli xil qimmatbaho toshlar va shunga o‗xshash mahsulotlardan keng foydalanilgan. Me‘moriy inshoot Sharq me‘morchiligining yorqin namunasi hisoblanadi. U ―Chor‖, gumbazsimon uslubda bunyod etilgan. Me‘moriy inshoot mustaqillikkacha va mustaqillikdan keyin bir necha bor ta‘mirlandi va u YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Xiva shahridagi boshqa me‘moriy obidalar qatorida Muhammad Rahimxon madrasasi ham ta‘mirlandi. Me‘moriy obida atroflari ko‗kalamzorlashtirilgan holatga keltirildi. Madrasa afsonaviy ko‗rinishini Ichan qal‘a shahri tarixiy markazida saqlab qolgan bo‗lib, 1990-yilda Xivadagi ―Ichan qal‘a‖ Umumjahon madaniy merosi ro‗yxatiga kiritilgan. 2000-yil 30-avgustda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining ―Madaniy meros obyektlarini muhofazalash va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonuni madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida jahon talablariga mos qonuniy asosni yaratdi. Islomxo‘ja minorasi Xiva shahrida, Ichan qal‘a markazida joylashgan Islomxo‗ja minorasi qo‗ng‗irotlar sulolasi davrida Vaziri Akbar Islomxo‗ja tomonidan bunyod etilgan. Islomxo‗ja (1872-1913, Xiva) – Xiva xonligining bosh vaziri. Xorazmda jadidchilik harakatining o‗ng oqimi rahbarlaridan biri bo‗lgan. Islomxo‗ja Muhammad Rahim II va Asfandiyorxon hukmronligi davrida Xiva xonligi delegatsiyasi tarkibida Sankt-Peterburg va Moskva shaharlarida bir necha marta bo‗lgan (1907-1912). Ilg‗or yevropa madaniyatini targ‗ib qilgan. Xudoybergan Devonovga Xorazmda kino va surat olish ishiga asos solishida homiylik qildi. Uning tashabbusi bilan Xiva va boshqa shaharlarda Islomxo‗ja minorasi va madrasasi, Nurullaboy saroyi, kasalxona, elektrostansiya qurildi, jadid maktablari va hatto rus maktablari ochildi. Asfandiyorxon hukmronligi davrida bosh vazir (1910-1913) bo‗lib, xonlikning janubiy qismini idora etgan hamda xorijiy davlatlar bilan bo‗ladigan aloqalarni boshqargan. Xonlikni idora etishdagi xizmatlari uchun ―vaziri akbar‖ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling