Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 65 Me‘moriy obida bunyod etilgan davrda zulm, talonchilik, o‗zaro urushlar kuchaygan. Ollohqulixon Buxoro bilan sulh tuzilganligiga qaramay 7 marta Buxoro xonligi hududiga yurishlar qilib, qishloqlarni talab qaytgan. Xurosonga 5 marta yurish qilgan. Qoraqalpoq va Turkmanlarning qo‗zg‗olonlarini beshafqat bostirgan (1828- yil). Rossiya bilan elchilik va savdo munosabatlarini mustahkamlagan (1840-1841- yillar). Bundan tashqari, Ollohqulixon hukmronligi davrida ko‗pgina obidalar qad rostladi. Borlari ta‘mirlandi. Bir so‗z bilan aytganda, me‘morchilik, san‘at va ko‗pgina sohalar rivojlandi. Me‘moriy obidani bunyod etilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan g‗isht, tosh, tunuka, sement, qum, loy, yog‗och, maxsus ―qir‖ qotishmasidan va shunga o‗xshash ashyolardan foydalanilgan. Karvonsaroy to‗g‗ri to‗rtburchak tarhli (69,0x58,0 m), burchaklariga guldasta – minoralar ishlangan. Karvonsaroyga shimol va janubdagi peshtoq orqali kiriladi. Uning keng hovlisi (46,3x42,4 m) va hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar (4,6x2,9 m) bir xil hajmda 105 tani tashkil qiladi. Hujralar hovli sahniga qaratilgan. Burchaklaridagi 8 ta hujralar (5x5 m) gumbazi baland qilib ishlangan, ular eshik tepasidagi tobadon panjaralari orqali yoritiladi. Tomi balxi gumbazli. Hovliga kiriladigan yo‗lak 2 tomondan peshtoq bilan chegaralangan. Peshtoq qanotlari ichida 2-qavatga olib chiqiladigan aylanma zinalar bor. Karvonsaroy Sharq me‘morchilik an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, ―Chor‖ uslubida bunyod etilgan. Karvonsaroyning tashqi va ichki tuzilishida o‗ziga xos tomonlar bor. Masalan, shu tipdagi binolarda ichkariga maxsus xonalar orqali aylanib o‗tilsa, bu yerda ichkariga yuklar bilan 2 gumbaz ostidan to‗g‗ri o‗tish mumkin. Hovli o‗rtasi ot aravaga mol yuklashga qulaylashtirilganligi bilan karvonsaroy talablariga javob bergan va o‗z davrida chet davlatlardan keladigan savdo karvonlariga maishiy xizmat ko‗rsatilgan hamda karvonsaroy pastidagi xonalarda yuk saqlangan, yuqoridagilaridan mehmonxona sifatida foydalanilgan joy vazifasini bajargan. Ollohqulixon karvonsaroyi mustaqillikka qadar va mustaqillikdan so‗ng bir necha bor ta‘mirlangan. 1967-yil 30-noyabrda O‗zbekiston Respublikasi hukumatining 616-sonli qarori bilan Xiva shahridagi 26 gektar maydondagi Ichan qal‘a devorlari chegarasida joylashgan 51 dona me‘moriy yodgorliklar, majmualar negizida ―Ichan qal‘a Davlat me‘moriy qo‗riqxonasi‖, 1969-yilda esa Dishan qal‘a hududidagi yodgorliklarni qo‗shib ―Ichan qal‘a Davlat tarixiy me‘moriy-muzey qo‗riqxona‖ deb e‘lon qilinib, shaharning Bosh rejasida uning muhofaza qilish chegaralari va shaharning rivojlanishining asosiy yo‗nalishlari belgilangan. Bundan tashqari, Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Xiva shahridagi boshqa me‘moriy obidalar qatorida Ollohqulixon karvonsaroyi ham ta‘mirlandi. Me‘moriy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling