Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 62 hovli katta ayvon bezaklari orasida 1838-yil hamda usta Abdulla jin nomi saqlangan. Toshhovlidagi xonalar tomi to‗sinli, haram va ishrat hovli ayvonlari hovuzakli, xo‗jalik xonalari tomiga qamish bostirib loysuvoq qilingan, ba‘zilari vassa shiftli. Xona ichki bezaklari ancha sipo, devor hoshiyalarida, shakldor taxmonlarda, shift osti sharafasi, muqarnas kosachalari ganchkori bezakda, mevali daraxt shoxi va gullar qora, ko‗k va qizil tusda ifodalangan. Inshootning o‗ziga xos tomonlari haqida gapiradigan bo‗lsak, me‘moriy obida xon va uning 4 xotiniga mo‗ljallangan bo‗lib, Xalq ustalari Nurmuhammad, usta Toji va usta Qalandar Xivaqiy tomonidan bunyod etilgan. Toshhovli me‘morchiligi qadim zamonlarda toshdan ishlangan hovuz va uning atrofida yuzaga kelgan qal‘a qurilishi bilan bog‗liq. Ollohqulixon davrida qal‘a kengaytirilgan va Xiva xonligidagi eng mustahkam qo‗rg‗onlardan biriga aylantirilib, saroy barpo etilgan. XIX asr oxiriga kelib turli urushlar natijasida qal‘aning saroy qismi vayronaga aylangan. Muhammad Rahimxon II (1864-1910) davrida saroy qayta tiklangan. XIX asr oxirlarida shaharda 3 darvoza (sharqiy, janubiy va saroy), 300 ga yaqin do‗kon va ustaxona, karvonsaroy, 6 masjid va madrasa bo‗lgan. Biroq saroy va boshqa imoratlardagi ko‗plab nafis bezaklar, devoriy naqshlar tushib ketib, qayta tiklanmagan. Inshoot mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar va undan keyin bir necha bor ta‘mirlangan. Me‘moriy obida atroflari ko‗kalamzorlashtirilib o‗zgacha chiroy kasb etgan. 1990-yil me‘moriy obida Ichan qal‘a me‘morchilik yodgorliklari bilan birgalikda YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritilgan. Davlatimiz tomonidan berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, 2000-yil 30- avgustda ―Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‗grisida‖, 2008-yil 12-sentabrda ―Muzeylar to‗g‗risida‖ qabul qilingan qonunlar madaniy meros obyektlarining huquqiy kafolatidir. Bundan tashqari, inshoot yurtimizdagi madaniy meros obyektlariga qiziquvchi ixlosmandlarning hamda yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarning diqqat-markazida. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling