Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
60 
hujralar va qarama-qarshi joylashgan 2 ayvon bor. Hovlining kesik burchaklaridan 
hujraga kirish uchun tor yo‗laklar ishlangan. Uning gumbazlari o‗zaro ravoqlar orqali 
bog‗langan. G‗arbdagisi kengroq hajmda bo‗lib, ayvon vazifasini o‗tagan. Unga 
masjidning gumbazli zali tutashgan. Peshtoqining 2 qanotida 1 qavatli, 2 qatorli 
hujralar va burchaklarida guldastalar, darsxona va masjid joylashgan. Inshoot so‗nggi 
o‗rta asrlarning ilm maskani sifatida faoliyat yuritibgina qolmay, hilxona vazifasini 
ham o‗tagan. Bu yerga Muhammad Amin inoq va uning o‗g‗li dafn qilingan deb 
taxmin qilinadi. 
Me‘moriy inshoot Sharq me‘morchiligining yorqin na‘munasi hisoblanadi. U 
―Chor‖, gumbazsimon uslubda bunyod etilgan. 
Me‘moriy inshoot mustaqillikkacha va mustaqillikdan keyin bir necha bor 
ta‘mirlandi va u YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga 
kiritildi.
Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Xiva shahridagi boshqa 
me‘moriy obidalar qatorida Muhammar Amin Inoq madrasasi ham ta‘mirlandi. 
Me‘moriy obida atroflari ko‗kalamzorlastirilgan holatga keltirildi. Madrasa afsonaviy 
ko‗rinishini Ichan qal‘a shahri tarixiy markazida saqlab qolgan bo‗lib, 1990-yilda 
Xivadagi ―Ichan qal‘a‖ Umumjahon madaniy merosi ro‗yxatiga kiritilgan. 2000-yil 
30-avgustda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining ―Madaniy meros 
obyektlarini muhofazalash va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonuni madaniy 
meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida jahon talablariga 
mos qonuniy asosni yaratdi. 
 
Toshhovli saroyi 
 
Xiva shahrida joylashgan Toshhovli 
saroyining 
asosiy 
qismi 
Xiva 
xoni, 
qo‗ng‗irotlar sulolasining yirik vakillaridan biri 
Ollohqulixon tomonidan bunyod etilgan. 
Ollohqulixon (taxm. 1794-1842) – Xiva 
xoni (1825-1842) – Muhammad Rahimxonning 
o‗g‗li. Uning davrida Xivada karvonsaroy, tim, 
111 xona va bo‗lmali Toshhovli saroyi, Ichan 
qal‘a sharqiy darvozasiga tutashtirib qurilgan 
Ollohqulixon madrasasi, Oq masjid, Saitboy masjidi, Toshhovuz qal‘asi (1835-1836) 
va boshqa inshootlar qurilgan. Yangi kanallar qazdirib sug‗oriladigan yerlarni 
kengaytirgan. Xiva shahrining obodonchiligi uchun ko‗p mehnat sarf qilgan. 
Ollohqulixon davrida koshinpazlik (koshinkorlik) san‘ati yuksak cho‗qqiga chiqqan. 
Pahlavon Mahmud maqbarasi va Ko‗hna Ark koshinlar bilan bezatilgan. Sayid 
Alovuddin maqbarasi va boshqa ko‗pgina tarixiy obidalar ta‘mirlandi. Arabxon va 
Muhammad Amin Inoq madrasalari qaytadan qurildi. Xiva shahrining atrofi mudofaa 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling