Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
64 
Ollohqulixon madrasasi mustaqillikka qadar va mustaqillikdan so‗ng bir necha 
bor ta‘mirlangan. 1967-yil 30-noyabrda O‗zbekiston Respublikasi hukumatining 616-
sonli qarori bilan Xiva shahridagi 26 gektar maydondagi Ichan qal‘a devorlari 
chegarasida joylashgan 51 dona me‘moriy yodgorliklar, majmualar negizida ―Ichan 
qal‘a Davlat me‘moriy qo‗riqxonasi‖, 1969-yilda esa Dishan qal‘a hududidagi 
yodgorliklarni qo‗shib ―Ichan qal‘a Davlat tarixiy me‘moriy-muzey qo‗riqxona‖ deb 
e‘lon qilinib, shaharning Bosh rejasida uning muhofaza qilish chegaralari va 
shaharning rivojlanishining asosiy yo‗nalishlari belgilangan. Bundan tashqari, Xiva 
ashahrining 2500 yilligi munosabati bilan Xiva shahridagi boshqa me‘moriy obidalar 
qatorida Ollohqulixon madrasasi ham ta‘mirlandi. Me‘moriy obida atroflari 
ko‗kalamzorlashtirilgan holatga keltirildi. Madrasa afsonaviy ko‗rinishini Ichan qal‘a 
shahri tarixiy markazida saqlab qolgan bo‗lib, 1990-yilda Xivadagi ―Ichan qal‘a‖ 
Umumjahon madaniy merosi ro‗yxatiga kiritilgan. 2000-yil 30-avgustda qabul 
qilingan O‗zbekiston Respublikasining ―Madaniy meros obyektlarini muhofazalash va 
ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonuni madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish 
va ulardan foydalanish sohasida jahon talablariga mos qonuniy asosni yaratdi. 
Ollohqulixon karvonsaroyi 
 
Xiva 
shahrida 
Ollohqulixon 
karvonsaroyi Xiva xoni, qo‗ng‗irotlar 
sulolasining 
yirik 
vakillaridan 
biri 
Ollohqulixon tomonidan bunyod etilgan. 
Ollohqulixon (taxm. 1794-1842) – 
Xiva xoni (1825-1842) – Muhammad 
Rahimxonning o‗g‗li. Uning davrida Xivada 
karvonsaroy, tim, 111 xona va bo‗lmali 
Toshhovli saroyi, Ichan qal‘a sharqiy 
darvozasiga tutashtirib qurilgan Ollohqulixon madrasasi, Oq masjid, Saitboy masjidi, 
Toshhovuz qal‘asi (1835-1836) va boshqa inshootlar qurilgan. Yangi kanallar qazdirib 
sug‗oriladigan yerlarni kengaytirgan. Xiva shahrining obodonchiligi uchun ko‗p 
mehnat sarf qilgan. Ollohqulixon davrida koshinpazlik (koshinkorlik) san‘ati yuksak 
cho‗qqiga chiqqan. Pahlavon Mahmud maqbarasi va Ko‗hna Ark koshinlar bilan 
bezatilgan. Sayid Alovuddin maqbarasi va boshqa ko‗pgina tarixiy obidalar 
ta‘mirlandi. Arabxon va Muhammad Amin Inoq madrasalari qaytadan qurildi. Xiva 
shahrining atrofi mudofaa devori bilan o‗rab olingan (1842). Ichan qal‘a tashqarisida 
yashayotgan aholini himoya qilish maqsadida Dishan qal‘a (Tashqari qal‘a) qurilgan. 
Ollohqulixon 1842-yil Chorjo‗yga yurish qilib, qal‘ani qamal qilgan paytda og‗ir 
kasalga duchor bo‗lib, orqaga qaytishga majbur bo‗lgan va 23 noyabrda vafot etgan. 
Uni o‗zi hayot vaqtida tayyorlab qo‗ygan Pahlavon Mahmud maqbarasida dafn 
etishgan. 
Karvonsaray so‗nggi o‗rta asrlarning oxirlarida, 1832-1833-yillar oralig‗ida 
bunyod etilgan. 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling