Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
67 
Mаdrаsаning bаlаnd vа bеzаkdоr pеshtоqi o‗zigа хоs mаydа rаvоqchаlаrgа bo‗lingаn, 
burchаklаridаgi mеzаnаli guldаstаlаr binоgа sаlоbаt vа go‗zаllik bаg‗ishlаydi. Binоdа 
Хivа mе‘mоrchilik mаktаbigа хоs uslublаrning eng yaхshi nаmunаlаri qo‗llаngаn. 
Bоsh tаrzidаgi miyonsаrоy 2 оshyonli, 5 gumbаzli bo‗g‗imlаrgа аjrаtilgаn. Yog‗оch 
o‗ymаkоrligidа ishlаngаn eshik vа pаnjаrаlаr nоyob sаn‘аt аsаri hisоblаnаdi. Umumiy 
tаrhi – 77x60 m; hоvli 38x38 m; mаsjid 9,4x8,4 m; dаrsхоnа 5,6x5,6 m. Inshoot o‗z 
davrida dastlab madrasa, keyinchalik shahar devonxonasi vazifasini o‗tagan. 
Me‘moriy inshoot Sharq me‘morchiligining yorqin namunasi hisoblanadi. U 
―Chor‖, gumbazsimon uslubda bunyod etilgan. 
Me‘moriy inshoot mustaqillikkacha va mustaqillikdan keyin bir necha bor 
ta‘mirlandi va u YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga 
kiritildi.
Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Xiva shahridagi boshqa 
me‘moriy obidalar qatorida Ollohqulixon karvonsaroyi ham ta‘mirlandi. Me‘moriy 
obida atroflari ko‗kalamzorlashtirilgan holatga keltirildi. Madrasa afsonaviy 
ko‗rinishini Ichan qal‘a shahri tarixiy markazida saqlab qolgan bo‗lib, 1990-yilda 
Xivadagi ―Ichan qal‘a‖ Umumjahon madaniy merosi ro‗yxatiga kiritilgan. 2000-yil 
30-avgustda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining ―Madaniy meros 
obyektlarini muhofazalash va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonuni madaniy 
meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida jahon talablariga 
mos qonuniy asosni yaratdi. 
 
Muhammad Rahimxon madrasasi 
 
Kattaligi jihatdan Muhammad Aminxon 
madrasasidan 
keyingi 
o‗rinda 
Muhammad 
Rahimxon madrasasi turadi. U qo‗ng‗irotlar 
sulolasiga mansub bo‗lgan Xiva xoni Muhammad 
Rahim II tomonidan
Ko‗hna arkning sharqiy 
darvozasi qarshisida 1871-yil bunyod etilgan. 
Muhammad Rahimxon (1847-1910) Xivaning 
ma‘rifatparvar xonlaridan biri bo‗lib, 1864-1910-
yillarda hukmronlik qilgan, ―Feruz‖ taxallusi bilan she‘rlar yozgan. 
Uning nomi bilan atalgan madrasa yozgi va qishki masjid, darsxona, kutubxona 
va hujralardan iboratdir. Binoning old tomoni ikki qavatli, qolgan tomonlari bir 
qavatli. Bino burchaklarida burjlar ishlangan, sirti sirkor parchinlar bilan bezatilgan. 
Uning umumiy tuzilishi Xivaning boshqa madrasalaridan biroz farq qiladi. Xushqad 
peshtoqning ikki yonida besh ravoqli galereyalari bor. Darvozaxona atrofidagi 9 ta 
xonaning usti gumbazlar bilan yopilgan. Binoning ichki tuzilishi ham boshqa 
madrasalardan biroz farq qiladi. Hovli 76 ta bir qavatli hujralar bilan o‗ralgan, tashqi 
ayvonning ko‗cha tomoni past devor bilan to‗silgan. Janubida gumbazli ayvon va 
boshqa qo‗shimcha xonalar bor. Keyinroq, madrasaning old tomoniga bir qavatli 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling