Termiz davlat universiteti tarix fakulteti 204-guruh talabasi jo’rayev abbosning madaniyat va sa’nat fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 1.16 Mb.
Sana24.03.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1292453
Bog'liq
8.JO’RAYEV ABBOSNING

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI 204-GURUH TALABASI JO’RAYEV ABBOSNING MADANIYAT VA SA’NAT FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI


MAVZU:XIVA SAN'AT
OBIDALARI

Ko'hna ark

Surat 1873 yil G. Krivtsov

Surat 2012 yil Jin Akino

 Muhammad Aminxon minorasir

Surat 1873 yil G. Krivtsov

Surat 2012 yil Jin Akino

Ko’hna ark darvozasi qarshisidagi madrasa Sayid Muhammad Rahimxon II ning farmoniga binoan 1871 yilda qurilgan. Madrasa o’zining kеngligi, sеrviqorligi bilan boshqa madrasalardan ajralib turadi.
Madrasaning asosiy fasadi oldida kеyinroq qurilgan bir qavatli hujralar kichik hovlini tashkil etgan. Maydon tarafdan hujralarga baland ayvonli savdo rastalari tutashadi.
Chiroyli koshinlar bilan bеzatilgan madrasaning ochilish tantanasida zamonaning fuzalo va shuarolari ta'rixlar va qasidalar aytib xondan in'omlar olganlar. Xon o’z ayonlari, qarindoshlari, qurilishda ishlagan usta va hunarmandlarga hadya qilgan xarajatlardan tashqari bu to’yda 118 tillo sochilgan. Madrasada 76 hujra bo’lib 152 talabaga mo’ljallangan.
1994 yilda madrasa qayta ta'mirlanib Muhammad Rahimxon II “Fеruz”ning 150 yillik to’yiga to’yona qilib madrasaning hovlisiga chiquvchi dahlizlari, o’quv xonasi va qishgi masjidida Xiva xonligi tarixi va madaniyatini ochib bеruvchi “Xorazm adabiyoti va tarixi muzеyi” ochildi.
Surat 1900 yilda Muhammad Aminxon madrasasini ustidan tushirilgan.

Muhammad Rahimxon Fеruz madrasasi

Surat 1935 yil Khudaibergan Divanov

Surat 2012 yil Jin Akino

Ko'hna Arkdagi yozgi masjid

Surat 1878 yil M. Savenkov

Surat 2012 yil Jin Akino

Ko’hna Arkdagi 1838 yilda qurilgan Olloqulixonning yozgi masjidi. 1878 yilda M. Savenkov tomonidan, Ark devoir ustidan tushurilgan.
Minora 1853 yilda Muhammad Aminxon tomonidan qurila boshlangan va 1855 yil Shimoliy Eronga yurish paytida xonning o’ldirilishi bilan qurilish ishlari to’xtab qolgan. Ogahiy tomonidan forsiy tildagi tarix bitilgan “Inson ko’nglini xursand qiladigan minorai oliy bunyod etildi. Uning monandini xali falak ko’zi ko’rmagan edi. Shoni olamning amirlari bilan bo’ldi. U tomoni ayb va nuxsonlardan pok. Agar odil ko’z bilan qaralsa savr daraxti xuddi xashakka o’xshab qoladi. Tubo daraxtidan ham dil ochadiganroq bo’ldi. Uning chiroyli ko’rinishi еr yuzini va osmonni xuddi jannatga o’xshatib yubordi. Osmonning garduniga bir ustun ediki, uning vasfiga aql-idrok kamlik qiladi. Shu sababdin Ogahiy uning qurilish yilini yozdi. Intixosi yo’q falak ustuni 1271-hijriy, 1855 mеlodiy yilda qurildi”.
Minora turli rangdagi koshin qoplamalardan jilo bеrib ishlangan. Asrimiz boshlarida uni xalqimiz “Ulli minor”, “Ko’k minor” dеb ulug’lagan.
Surat 1883 yilda Muhammad Rahimxon madrasasining yuqori qismidan tushirilgan.

Juma masjidi va minorasi

Surat 1920 yil Khudaibergan Divanov

Surat 2012 yil Jin Akino

Qadimgi Xiva shahrining markaziy yoki ming yillik juma masjidi. Ichon-Qal’aning markaziy ko’chasi, shaharning qoq markazida joylashgan. Bu masjid X asrdayoq mavjud bo’lgan. Bu masjid X asrda Xivaga kelgan Arab sayyohlari tomonidan estaliklarda eslab o’tilgan. U o’zinig davrining Markaziy Osiyoda eng yirik masjidlardan biri b’lgan. Xozir gi masjid binosi esa XIX asrning oxirida minorasi bilan birgalikda qayta qurilgan. Minoraning balandligi 47 meter. Binoni takrorlanmas Xiva yog’och o’makor ustalarini X asrdan xozirgi davrgacha qilingan ustunlari bezab turadi.

Matniyoz Devonbegi madrasasi

Surat 1873 yil G. Krivtsov

Surat 2012 yil Jin Akino

Matniyoz Devonbegi Xiva xononing moliya vaziri tomonidan 1871 qurilgan. Surat 1873 yilda Muhammad Aminxon Madrasasining yuqorgi qismidan G. Krivtsov tomonidan tushurilgan.

Rus tuzеm (Yangi usul) maktabi

Surat 1930 yil Khudaibergan Divanov

Surat 2012 yil Jin Akino

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling