Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
84 
kiritildi. 2000-yil 30-avgustdagi ―Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va 
ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonunga binoan madaniy meros obyektlarini 
muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport 
ishlari vazirligi, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi arxivlar 
Bosh boshqarmasi va joylardagi davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar. 2008-
yil 12-sentabrda ―Muzeylar to‗g‗risida‖gi qonun qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan 
qabul qilingan ushbu qonunlar me‘moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir. 
Mingoyim madrasasi 
 
Mingoyim madrasasi minglar sulolasiga mansub bo‗lgan Qo‗qon xoni Olimxon 
tomonidan bunyod etilgan.
Olimxon (1762-1810) – Qo‗qon xoni (1798-1810), Norbo‗tabiyning o‗g‗li. 
Uning davrida saltanat hududini kengaytirish davom ettiriladi. U Ohangaron
Chimkent, Sayram, Toshkent viloyatining hammasini, Rossiyaga boruvchi karvon 
yo‗llaridagi muhim manzilgohlarni zabt etadi. U Buxoro amirligiga qarshi turishga 
kuchi yetishiga ishongan holda 1805-yil ―xon‖ rutbasini qabul qiladi, davlati esa 
Qo‗qon xonligi deb atala boshlandi. Poytaxt — Qo‗qonning siyosiy ahamiyati oshgan. 
Olimxon tog‗li tojiklar: qorateginlar, sho‗g‗nonliklar, badaxshonliklar, eroniylar va 
boshqalardan iborat yollanma qo‗shin tuzgan. Bu qo‗shin hokimiyatni 
markazlashtirish uchun kurashda uning tayanchi bo‗lgan. Olimxon davrida Rossiya 
bilan Qo‗qon xonligining birinchi marta savdo aloqalari o‗rnatilgan. U diniy sohada 
ham o‗zgarishlar qilishga intilgan, xususan, diniy unvon hisoblangan «eshon»ni bekor 
qiladi, kambag‗al, bechoralarga va qalandarlarga yer maydonlari va chorva mollari 
beradi va shu bilan ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qiladi. Ayrim diniy 
arboblarni imtihon qiladi va yolg‗onchiligi fosh qilinganlarni jazolaydi. Ulamolar 
uning bu xatti-harakatlaridan norozi bo‗ladilar. Uning Toshkentdaligidan foydalanib
fitna uyushtiradilar, u o‗ldirildi, deb mish-mish tarqatadilar. Taxtga uning ukasi 
Umarxon o‗tqaziladi. Olimxon xiyonatni bilib qolib, qisqa yo‗l bilan Qo‗qonga 
jo‗naydi va yo‗lda qo‗yilgan pistirma uni otib o‗ldiradi. 
Olimxon onasi Mingoyimga atab dastlab xonaqoh qurdirgan (1800-yil). 
Xonaqohning orqa tomonida huddi shu nomda madrasa qurilishi boshlandi (1801-yil). 
Tarixiy manbalarda aytilishicha, qurilishga qo‗qonlik me‘mor Siddiqhoji rahbarlik 
qilgan. Dastlab yotoqxona, so‗ng qaznoq, undan keyin madrasa qurildi. 1875-1876-
yillarda Qo‗qon xonligida yuz bergan qo‗zg‗olonlar va Chor Rossiyasi armiyasining 
bosqinchilik yurishlari tufayli Mingoyim me‘moriy obidasiga zarar yetadi.
Ushbu madrasa so‗nggi o‗rta asrlarning oxirlarida, 1800-1802-yillar oralig‗ida 
bunyod etilgan. 
Me‘moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g‗isht, marmar, quyma ganch, 
parket, har xil o‗lchandagi tosh, yog‗och, tunuka, qimmatbaho toshlar ishlatilgan. 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling