Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
Xudoyorxon saroyi
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar.uz 82 Xudoyorxon saroyi minglar sulolasiga mansub Qo‗qon xoni Xudoyorxon tomonidan bunyod etilgan. Xudoyorxon (1831–1882) uch marta – 1845, 1862, 1865-yillarda taxtga chiqib (1845-1875-yillarda tanaffuslar bilan: 1845-1858; 1862-1863; 1865- 1875), umumiy hisobda chorak asr hukmronlik qilgan. Sheralixonning o‗g‗li. Qaynotasi Musulmonqul tomonidan taxtga o‗tqazilgan. Ammo yosh bo‗lganligi tufayli amalda davlat ishlarini Musulmonqul boshqarib borgan. Eng muhim lavozimlar qipchoqlar qo‗liga o‗tadi va ular xohlaganicha beboshliklar qila boshlaganlar. Natijada ichki kurash kuchayib, 1853-yilda qipchoqlar qirg‗ini boshlangan. Buning oqibatida 20 mingga yaqin qipchoqlar o‗ldirilgan, Musulmonqul esa Qo‗qonda dorga osilgan. Shu yildan Xudoyorxon davlatni mustaqil idora qila boshlagan. Ammo tajribasizligi tufayli ko‗p xatolarga yo‗l qo‗ygan. Bundan foydalangan akasi Mallabek taxt uchun kurashni boshlab yuborib, 1858-yilda o‗zini Qo‗qon xoni deb e‘lon qilgan. Xudoyorxon Buxoroga qochishga majbur bo‗lgan. 1863-yilda Buxoro amiri Muzaffar yordamida Qo‗qon taxtiga qayta o‗tirgan. Ammo Musulmonqulning o‗g‗li mingboshi Alimqul xonzodalardan bo‗lmish yosh Said Sultonmurodni xon deb e`lon qiladi va Xudoyorxonni yana Buxoroga qochishga majbur etgan. Alimqul amir ul-umaro bo‗lib, amalda davlat ishlarini yakka o‗zi boshqarib borgan. Qo‗qon xonligidagi ichki kurashlardan foydalangan Rossiya imperiyasi xonlikka tegishli Turkiston, Chimkent (1864) va Toshkentni (1865) bosib olgan. 1865-yilda Qo‗qon taxtiga Xudoyqul (―Belboqchixon‖ degan laqabi ham mavjud) o‗tirgan. Ammo u 14 kundan so‗ng xazinani o‗zi bilan olib Qashqarga qochib ketgan. Bundan foydalangan Xudoyorxon yana taxtga chiqqan. 1875-yil iyul oyida Po‗latxon va unga ergashgan ukasi Sulton Murodbek, o‗g‗illari Nasriddin, Muhammad Aminbek, shuningdek, sobiq sarkardalari Iso avliyo, Abdurahmon oftobachilarning birlashgan qo‗shinlariga tob berolmay Xo‗jandga qochishga majbur bo‗ladi. Oradan bir necha kun o‗tgach, Turkiston general-gubernatori fon Kaufman chaqirig‗i bilan Toshkentga kelib, o‗sha yilning 12-avgustida: ―Peterburgga, imperator huzuriga borasan‖, deb aldab, Rossiya ichkarisiga jo‗natib yuboriladi. Imperatorning maxfiy topshirig‗i bilan Orenburg general-gubernatori Krijanovskiy tomonidan o‗sha shaharda majburiy ushlab qolinadi va ikki yildan ziyodroq xonaband holda saqlanadi. Nihoyat, u 1877-yil Turdiali ismli harbiy bilan til topishib, uning yordamida avval Afg‗oniston, so‗ng Eron hududi orqali haj niyatida Makkaga boradi. Haj ziyoratidan so‗ng Iroq, Hindiston va boshqa mamlakatlarda bo‗ladi. Qaytishda Afg‗onistonning Karrux manzilida 1882-yil dunyodan ko‗z yumadi. Xudoyorxon saroyining qurilishi songgi o‗rta asrlarning oxirgi bosqichiga, Chor Rossiyasining O‗rta Osiyoni zabt etilishining birinchi va ikkinchi bosqichi davriga to‗g‗ri keladi. Saroy 1863-1870-yillar oralig‗ida qurilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling