Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
83 
U sun‘iy tepalikka baland g‗ishtin poydevorli qilib qurilgan: xon qarorgohi
o‗rda ahli yashaydigan hamda turli maqsadlarda foydalaniladigan yuzga yaqin katta-
kichik xonalar, ichki-tashqi xonalardan iborat bo‗lgan. Saroy xonning oilaviy turar-
joyi bo‗lishi bilan birga, davlatning bosh boshqaruv apparati ham shu yerda bo‗lgan. 
Xudoyorxon o‗rdasi qurilgan davrda Qo‗qon xonligining shimoliy chegaralari 
Podsho Rossiyasi tomonidan bosib olindi va bu hududlarda Yettisuv viloyati tashkil 
etildi. 1864-yil Chimkent va Turkiston, 1865-yil Toshkentning bosib olinishi bilan 
Qo‗qon xonligining shimoliy-g‗arbiy hududlari qo‗ldan chiqib ketdi va bu hududlarda 
dastlab Turkiston viloyati tashkil etilgan bo‗lsa, 1867-yil bu hududlar yanada 
kengaytirilib, Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. 
Me‘moriy obida bunyod etilgan davrda Qo‗qon xonligida Minglar sulolasi 
hukmronlik qilar edi. 
Me‘moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g‗isht, marmar, quyma ganch, 
parket, tosh, yog‗och, tunuka, har xil qimmatbaho toshlar va boshqa ashyolar 
ishlatilgan. 
Saroyning bosh tarzi bir qavatli qilib bunyod etilgan, pishiq g‗ishtdan (26x26x5 
sm) ganj suvoqda terilgan devorlarga bir g‗isht chuqurlikda ravoqlar ishlangan. 
Peshtoq o‗rda devoridan birmuncha bo‗rttirib oldinga chiqarib qurilgan, baland va 
hashamatli, peshtoqning ikki yoni va tarzlarining ikki burchaklarida gumbazli 
mezanalar bilan yakunlangan guldastalar bor. Peshtoqqa uzunligi 40 m bo‗lgan qiya 
yo‗lka (pandus) orqali o‗tiladi. Xudoyorxon o‗rdasi bosh tarzi ravoqlari, peshtoq va 
guldastalaridagi handasiy naqshlar koshinlar, sirkori parchinlardan mahorat bilan 
yaratilgan. Peshtoq orqali to‗rtburchak tarhli darvozaxonaga o‗tiladi, darvozaxona 
gumbazi o‗zaro kesishgan ravoqli asos ustiga qo‗yilgan; gumbaz usti, o‗z navbatida, 
qubbali mezana bilan yakunlangan, undagi panjarali darchalar orqali ichkariga 
yorug‗lik tushadi. O‗rdaning bosh tarzi, xonalar koshinlar, o‗yma ganchkori naqshlar 
bilan bezatilgan, shiftlari hovuzakli bo‗lib, ularga gullar solingan, xonalarning tepa 
qismi sharafalar bilan hoshiyalangan. Saroyning umumiy ko‗rinishi 3 qismdan iborat 
bo‗lgan. Birinchi qism xon saroyi, majlislar o‗tkaziladigan va davlat ishlari 
yuritiladigan xonalardan iborat bo‗lsa, ikkinchi va uchunchi qismlar (ichki qismlar) 
xon harami va istiqomat xonalaridan iborat bo‗lgan. 
Me‘moriy obida Sharq an‘analari asosidagi gumbazsimon, to‗g‗ri to‗rtburchak, 
―Chor‖ uslubida qurilgan. 
Ushbu inshoot faqat bitta hukmdor tomonidan qurilgan va faqat shu 
hukmdorgina ushbu saroydan davlat boshqaruvida va boshqa jabhalarda faoliyat yurita 
olgan. O‗rdaning Farg‗ona vodiysidagi boshqa tarixiy inshootlardan farqli jihati 
shundaki, u davlat hukmdorining saroyi hisoblangan. 
Xudoyorxon o‗rdasining 1998, 2002-yillarda ta‘mirtalab qismlari tiklandi. 
1924-yilda Xudoyorxon o‗rdasida Qo‗qon xonligi yutuqlari ko‗rgazmasi ochilgan. 
1925-yildan saroyda Qo‗qon shahar o‗lkashunoslik muzeyi faoliyat ko‗rsatib 
kelmoqda. 
O‗zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, 
mustaqillik yillarida boshqa tarixiy yodgorliklar qatori Xudoyorxon saroyi ham qayta 
ta‘mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling