Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
Obidalar.uz
73 TOSHKENT ME’MORCHILIGI Baroqxon madrasasi Baroqxon madrasasi Navro‗z Ahmadxon (Baroqxon) tomonidan bunyod etilgan bo‗lib, uning tug‗ilgan yili ma‘lum emas, 1556-yil Samarqandda vafot etgan. Baroqxon Shayboniylar sulolasidan bo‗lgan xon Abulxayrxonning nevarasi, Toshkent hokimi Suyunchxo‗jaxonning kichik o‗g‗li. Otasining vafotidan keyin Toshkent hokimi (1525-1551), so‗ngra Movarounnahr (1551- 1556) xoni bo‗lgan. Baroqxon yoshligida Vosifiydan she‘riyat, musiqa, vazn va nazmdan ta‘lim olgan. Ayni vaqtda chavandozlik va harbiy mashqlar bilan ko‗proq mashg‗ul bo‗lgan. Baroqxon o‗z saltanatini kengaytirish maqsadida ko‗pgina harbiy yurishlarni amalga oshirgan. U Abdulatifxon vafotidan keyin, 1551-yil Samarqand taxtiga o‗tirgan va Baroqxon nomi bilan Movarounnahrni boshqargan. Uning nomi bilan tanga pullar zarb etilgan. Baroqxon ayniqsa, mamlakat obodonchiligiga katta e‘tibor bergan. Mamlakatda uning hukmronlik davrida bir qancha masjid va madrasalar, karvonsaroylar bunyod etilgan. Hofiz Tanish Buxoriyning ―Abdullanoma‖ asarida qayd etilishicha, Baroqxon 1556- yilda Zarafshon daryosidan boshlangan Darg‗om kanalining bosh inshooti – Ravotxo‗ja to‗g‗onini tuzattirish uchun kelgan va shu yerda to‗satdan vafot etgan. Inshoot so‗nggi o‗rta asrlar davri, XVI asrning 1-yarmiga taalluqli bo‗lib, 1531- 1532-yillar oralig‗ida bunyod etilgan. Baroqxon madrasasi Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronlik qilgan davrda Toshkentning qadimiy manzillaridan biri bo‗lmish Zarqaynar ko‗chasida bunyod etilgan. Uning bunyod etilishida xom va pishgan g‗isht, loy, turli hajmdagi taxtalar, tosh, mis, sopol parchalari, tunuka, sement va boshqa ashyolardan keng foydalanilgan. Madrasaning umumiy ko‗rinishi: madrasa devorlari toqlari va peshtoqlariga rang-barang koshinlar ishlangan, xonaqoh ichkarisi esa kundal uslubida bezatilgan va ustidan zarhal yuritilgan. Devorning to‗q yashil rangli olti yoqli sirtiga parchin terib ishlangan, izorasiga zarhal yugurtirilib nafis bezaklar berilgan; shoir Vosifiyning she‘rlari serjilo, naqshinkor usulda devorlarda aks etgan. Hujra derazalariga turli girrix naqshlar o‗yilgan ganch panjaralar o‗rnatilgan. Inshoot Sharq me‘morchilik an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan gumbazsimon, ―Chor‖ uslubda bunyod etilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling