Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

Ko‘kaldosh madrasasi 
Toshkentning qadimiy mavzelaridan biri 
bo‗lmish Chorsu maydoni yonida joylashgan 
Ko‗kaldosh madrasasi Qulbobo Ko‗kaldosh 
tomonidan 1551-1575-yillarda bunyod etilgan. 
Madrasani qurgan ustalar nomi ma‘lum emas. 
Ushbu 
me‘moriy 
obidaning 
qurilishi 
O‗zbekiston tarixida so‗nggi o‗rta asrlarning 
dastlabki davriga to‗g‗ri keladi.
Madrasani bunyod etilishida rahnamolik 
qilgan Qulbobo Ko‗kaldosh Abdullaxon II ning 
ko‗kaldoshi bo‗lib, u Buxoro xonligida xonning dushmanlari va do‗stlari haqida 


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
75 
ma‘lumot yig‗gan hamda ularga oid tavsiyalarni xonga taqdim qilgan. Bundan 
tashqari, davlatning xavfsizligiga asosiy javobgar shaxs hisoblangan.
Madrasa shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bo‗lib, 
uning qurilishida loy, pishgan va xom g‗isht, yog‗och, har xil hajmdagi toshlar, sopol 
parchalari, sement, tunuka, temir, shisha, maxsus ―qir‖ qotishmasidan va shu kabi 
qurilish ashyolaridan keng foydalanilgan. 
Ko‗kaldosh madrasasining umumiy o‗lchami 62,7x44,9 metrni tashkil etadi. 
Bosh tarzi janubga qaragan. Darvozadan kiraverishda chapda masjid va 
darsxonalarning tomi o‗zaro kesishgan ravoqlar ustiga o‗rnatilgan gumbazlardan 
iborat. Miyonsaroy 7 gumbazli. Chorsu hovlisi (38x26,9 m) keng, hujralar va ochiq 
ayvonlar bilan o‗ralgan. Hovlining atrofidagi hujralar 38 ta bo‗lib, darsxona va masjid 
bilan o‗zaro bog‗langan. Madrasa dastlab 3 qavatli bo‗lgan. Me‘morlar madrasani 
bezashda asosan, binoning old tomoniga e‘tibor berishgan. Peshtoqi bilan balandligi 
19,73 metr bo‗lib, sirkor parchin va girrih naqshlar bilan bezaklangan. Bosh tarzining 
ikki burchagidagi guldastalar tepasi qafasa bilan yakullangan.
Me‘moriy obidaning uslubini yoritadigan bo‗lsak, Sharq an‘analarini o‗zida 
mujassamlashtirgan, ―Chor‖ uslubida bunyod etilgan. 
Me‘moriy obidaning o‗ziga xos tomonlari haqida gapiradigan bo‗lsak, bu 
inshoot sun‘iy ravishda qilingan maxsus tepalik ustida qurilgan va baland bo‗lganligi 
uchun shahar tashqarisidan ham ko‗rinib turgan. Madrasa g‗ayritabiiy baland va katta 
bo‗lganligidan Toshkentning boshqa inshootlaridan farq qilib turgan.
Mustaqillik yillarida madrasada bir necha bor ta‘mirlash ishlari olib borildi. 
Madrasaning old tomoniga an‘anaviy usulda zinapoya ishlangan. 1998-yildan 
binoning muhandislik ustuvorligini ta‘minlash, tashqi va ichki tarzlarini asl holiga 
keltirish va atrofini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, inshoot 
hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan madrasalardan biridir. 
2009-yil Toshkent shahrining 2200 yilligi tantanalarining nishonlanishi 
munosabati bilan madrasada qisman ta‘mirlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari
AYSESKO tashkiloti tomonidan Toshkent shahrining ―Islom madaniyati poytaxti‖ 
deb nom berilishida ham inshootning o‗rni alohida ahamiyatga egadir. 2000-yil 30-
avgustda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining ―Madaniy meros obyektlarini 
muhofazalash va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonuni madaniy meros 
obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida jahon talablariga mos 
qonuniy asosni yaratdi. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling