Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 70 Nurullaboy saroyi Nurullaboy saroyi Asfandiyorxonning sobiq rasmiy qabulxonasi (XX asrda). Bu saroy-bog‗ni qo‗ng‗irotlar sulolasiga mansub Xiva xoni Muhammad Rahimxon II Feruz o‗g‗li Asfandiyorxon uchun qurdirgan (Nurullaboy degan shaxsning bog‗i o‗rniga qurilgani uchun Nurullaboy saroyi deb ataladi). Nurullaboy saroyi yangi davrning dastlabki davrlarida (mustamlaka davrida), 1904-1912-yillarda bunyod etilgan. Me‘moriy obidaning qurilishida pishgan g‗isht, sement, tosh, tunuka va yog‗ochdan foydalanilgan. Nurullaboy saroyi 9 ta katta-kichik xonalar, darvozaxona, saroy, qabulxona, arzxona, Madrasa, xizmatchilar uchun turar-joy, bog‗, gulzorli hovlilardan iborat. Majmuaga (185,6x143,0 m) janubdagi ariq ustiga qurilgan ko‗prik orqali darvozadan kiriladi. Darvozaxonaning dalonida bir necha xonalar bor. Saroy to‗g‗ri to‗rtburchak tarhli (87,1x65,0 m), 4 hovlili, qal‘aband devor (bal. – 7,5 m) bilan o‗ralib, burjlar ishlangan. 3 hovlida 2 qavatli, janubiy-g‗arbiy hovlida 1 qavatli xonalar joylashgan. Bosh tarzi darvozasi madrasa, turar-joy va arzxona bilan o‗zaro bog‗langan. Saroy shimolidagi 2 hovli ayvonlarning tomi ikkinchi qavat uchun o‗tish joyi vazifasini o‗taydi. Katta hovli saroyning shimoliy-g‗arbiy qismini egallagan. Hovlida quduq mavjud. Qabulxona (27,5x32,1 m) saroyning shimoliy-sharqida, o‗ziga xos yevropacha uslubda qurilgan. Bosh tarzi janubga qaratilgan. 1 qavatli, 7 xonasi bor. Old va orqa tomoni ayvonli. Arzxona (82,0x71,0 m) saroyning sharqida joylashgan. Tarhi «Г» shaklida, janub qismi uch burchakli, shimol va g‗arbga qaratilgan ayvonlari mavjud. Madrasa bosh tarzi sharqqa qaragan. Janubiy-sharqiy burchagida 4 ustunli 2 qavatli masjid, shimoliy-g‗arbida ayvon, hovli atrofida darsxona va hujralar joylashgan. Tashqi devorlari va 4 burchagidagi guldastalar pishiq g‗isht va koshin bilan bezatilgan. Bog‗ saroyga tushgan bo‗lib, baland qal‘aband devor bilan o‗ralgan, burjlar ishlangan. Bog‗ning 3 tomonida eshik bo‗lib, 2 eshik saroy bilan, sharqdagisi arzxona, qabulxona bilan bog‗langan. Bog‗ o‗rtasida 8 qirrali hovuz bor. Nurullaboy saroyining ganchkor devorlari oltin va kumush bilan zarhallangan, zalning «oltin shifti» nihoyatda ko‗rkam, undagi murakkab girrix naqshlar o‗ziga xos, ichki va tashqi darvozalari, eshiklari, ayvon ustunlaridagi naqshlar Xorazm yog‗och o‗ymakorligining yuksak namunasidir. Qabulxonadagi baland eshiklar, katta rangdor oynalar, parket pollar va koshinkor pechlar yevropa me‘morchiligi bilan uyg‗unlashgan. Tashqi tomoni silliq g‗ishtlar va feruza rang koshinlar bilan shaxmat taxtasi shaklida bezatilgan. Uni qurishda ganchkor ustalar Xudoybergan hoji, usta Nurmat, Ro‗zimat Masharipov, yog‗och o‗ymakorligi va uni bo‗yash ustalari Bobojon Qalandarov, Ota Shayx, Ismoil Abduniyozov, g‗isht teruvchi Quryoz Bobojonov va b. qatnashgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling