Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
69 
unvoni berilgan. 1910-yil u xonlikda islohot o‗tkazish to‗g‗risidagi farmonni ishlab 
chiqishda faol ishtirok etdi. Sug‗orma dehqonchilikka asoslangan Xorazmda 
dehqonlarning ahvolini yengillatish uchun yer solig‗ini kamaytirishga harakat qiladi. 
―Yosh xivaliklar‖ partiyasining asoschisi Polvonniyoz Hoji Yusupovning yozishicha, 
taraqqiyparvarlik g‗oyalari uchun o‗z kuyovi Asfandiyorxonning buyrug‗i bilan 
vaxshiyona o‗ldiriladi. 
Islomxo‗ja minorasi yangi davrning dastlabki davrlarida (mustamlaka davrida), 
1908-1910-yillarda bunyod etilgan. 
Me‘moriy obidaning qurilishida pishgan g‗isht, sement va yog‗ochdan 
foydalanilgan. 
Islomxo‗ja minorasi yonida shu nomdagi madrasa bo‗lib, uning (42,8x32,5) 
bosh tarzi ikki qavatli. Kichik hujralar (42 ta) bilan o‗ralgan. Bosh tarzining hovliga 
qaragan ikkinchi qavatida ayvon bor. Madrasaning janubiy-sharqidagi masjid 
gumbazli, mehrobi koshin va ganjkori naqshlar bilan bezatilgan. Old tomonida 
Xivadagi eng baland minora (44,6 m) qad ko‗targan. Asosining diametri – 9,5 m. 
Yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Ko‗k, yashil rangdagi naqshlar bilan 
belbog‗lar ishlangan. Qafasasiga panjaralar o‗rnatilib, yuqorisi muqarnasli sharafa va 
qubba bilan yakullangan. Minora shaharning deyarli hamma tomonidan ko‗zga yaqqol 
tashlanib turadi. Islomxo‗ja minorasi va madrasasini qurishda me‘mor Xudoybergan 
hoji, naqqoshlar – Eshmuhammad Xudoyberdiyev, Bolta Voisov va boshqalar 
qatnashgan. 
Me‘moriy inshoot uzoq yillar muazzin azon aytuvchi joy vazifasini o‗tagan 
bo‗lsa, keyingi yillarda undan harbiy maqsadda ham – kuzatuv obyekti vazifasida 
foydalanilgan 
Inshoot Xorazm me‘morchiligining minora uslubida qurilgan. Uning o‗ziga xos 
tomoni shundaki, inshoot shaharning deyarli hamma tomonidan ko‗rinishi va 
shahardagi baland me‘moriy inshootlardan biridir. 
Me‘moriy inshoot mustaqillikkacha va mustaqillikdan keyin bir necha bor 
ta‘mirlandi va u YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga 
kiritildi.
Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Xiva shahridagi boshqa 
me‘moriy obidalar qatorida Islomxo‗ja majmuasi ham ta‘mirlandi. Me‘moriy obida 
atroflari ko‗kalamzorlashtirilgan holatga keltirildi. Minora afsonaviy ko‗rinishini 
Ichan qal‘a shahri tarixiy markazida saqlab qolgan bo‗lib, 1990-yilda Xivadagi ―Ichan 
qal‘a‖ Umumjahon madaniy merosi ro‗yxatiga kiritilgan. 2000-yil 30-avgustda qabul 
qilingan O‗zbekiston Respublikasining ―Madaniy meros obyektlarini muhofazalash va 
ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonuni madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish 
va ulardan foydalanish sohasida jahon talablariga mos qonuniy asosni yaratdi. 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling