Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
62 
hovli katta ayvon bezaklari orasida 1838-yil hamda usta Abdulla jin nomi saqlangan. 
Toshhovlidagi xonalar tomi to‗sinli, haram va ishrat hovli ayvonlari hovuzakli
xo‗jalik xonalari tomiga qamish bostirib loysuvoq qilingan, ba‘zilari vassa shiftli. 
Xona ichki bezaklari ancha sipo, devor hoshiyalarida, shakldor taxmonlarda, shift osti 
sharafasi, muqarnas kosachalari ganchkori bezakda, mevali daraxt shoxi va gullar 
qora, ko‗k va qizil tusda ifodalangan.
Inshootning o‗ziga xos tomonlari haqida gapiradigan bo‗lsak, me‘moriy obida
xon va uning 4 xotiniga mo‗ljallangan bo‗lib, Xalq ustalari Nurmuhammad, usta Toji 
va usta Qalandar Xivaqiy tomonidan bunyod etilgan. Toshhovli me‘morchiligi qadim 
zamonlarda toshdan ishlangan hovuz va uning atrofida yuzaga kelgan qal‘a qurilishi 
bilan bog‗liq.
Ollohqulixon davrida qal‘a kengaytirilgan va Xiva xonligidagi eng mustahkam 
qo‗rg‗onlardan biriga aylantirilib, saroy barpo etilgan. XIX asr oxiriga kelib turli 
urushlar natijasida qal‘aning saroy qismi vayronaga aylangan. Muhammad Rahimxon 
II (1864-1910) davrida saroy qayta tiklangan. XIX asr oxirlarida shaharda 3 darvoza 
(sharqiy, janubiy va saroy), 300 ga yaqin do‗kon va ustaxona, karvonsaroy, 6 masjid 
va madrasa bo‗lgan. Biroq saroy va boshqa imoratlardagi ko‗plab nafis bezaklar, 
devoriy naqshlar tushib ketib, qayta tiklanmagan. Inshoot mamlakatimiz mustaqillikka 
erishgunga qadar va undan keyin bir necha bor ta‘mirlangan. Me‘moriy obida atroflari 
ko‗kalamzorlashtirilib o‗zgacha chiroy kasb etgan. 1990-yil me‘moriy obida Ichan 
qal‘a me‘morchilik yodgorliklari bilan birgalikda YUNESKO tashkilotining Butun 
Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritilgan.
Davlatimiz tomonidan berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, 2000-yil 30-
avgustda ―Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish 
to‗grisida‖, 2008-yil 12-sentabrda ―Muzeylar to‗g‗risida‖ qabul qilingan qonunlar 
madaniy meros obyektlarining huquqiy kafolatidir. Bundan tashqari, inshoot
yurtimizdagi madaniy meros obyektlariga qiziquvchi ixlosmandlarning hamda 
yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarning diqqat-markazida.

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling