Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
Sherg‘ozixon madrasasi
Me‘moriy obida Xiva xoni Sherg‗ozixon tomonidan bunyod etilgan. U (?, Buxoro – 1727 yil Xiva, – Xiva xoni: 1714-1728) Jonto‗raxonning o‗g‗li bo‗lib, olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar.uz 58 1714-yil Yodgorxon vafotidan so‗ng, Buxorodan keltirilib Xiva taxtiga o‗tqazilgan. Sherg‗ozixonga qarshi Orol bo‗yida yashovchi qoraqalpoqlar Ishimxon boshchiligida isyon ko‗tarishgan. Sherg‗ozixon ular ustiga qo‗shin tortib katta o‗ljalar, ko‗plab asirlar bilan qaytgan. 1715-yilda Sherg‗ozixon Xurosonga yurish qilib Mashhadni egallagan, Nishopurni qamal qilib egallay olmagan (1716). Sherg‗ozixon davrida Pyotr I tomonidan yuborilgan Bekovich-Cherkasskiy josuslik ekspeditsiyasi qirib tashlangan (1717). Rossiya imperiyasi Xiva xonligini o‗z ta‘sir doirasiga kirita olmagach, har ikki davlat o‗rtasidagi munosabatlar keskinlashgan. Rossiya hukumati Xiva xonligi orqali O‗rta Osiyoga kirib kelish fikridan voz kechmagan, bu paytda Rossiyada Buxoro xonligining Qulibek boshchiligidagi elchilari bor edi. Rossiya hukumati F. Benevenini ularga qo‗shib Buxoroga jo‗natgan va Buxoro xonligini Xivaga qarshi gijgijlagan. Qalmiqlar xoni Ayuqaning Sherg‗ozixonga yuborgan ma‘lumotiga ko‗ra (1723-yil may), rus qo‗shinlari Saratovda to‗planib, 1724-yilning bahorida Xivaga yurishga tayyorgarlik ko‗rishgan. Sherg‗ozixon Orol bo‗yidagi isyonkor qabilalar ruslarni Xivaga boshlab kelishidan va o‗rniga Buxorodan keltirilgan (1721) Temur sultonni xon qilib ko‗tarishlaridan xavotirda edi. Temur Sulton xonlikdagi Vazir, Gurlan, Shohobod, Bag‗lon, Uyg‗ur, Yangi Urganch, Xonqa va Hazoraspni olgan bo‗lsa-da, butun xonlikni egallay olmagan. Xonlikdagi ichki urushlar Sherg‗ozixon vafotiga qadar davom etgan. Sherg‗ozixon Xivadagi Madrasa (Sherg‗ozixon madrasasi) qurilishi chog‗ida mashhadlik g‗ulomlar tomonidan o‗ldirilgan. Munisning yozishicha, Sherg‗ozixon odil, ma‘rifatparvar hukmdor bo‗lib, ko‗p vaqtini ilm ahli bilan suhbatda o‗tkazgan. Uning davrida ilm-fan va she‘riyat rivojlangan. Xivadagi Ichan qal‘a me‘moriy obidalari tizimida joylashgan Sherg‗ozixon madrasasi so‗nggi o‗rta asrlar davrida, 1719-1726-yillar oralig‗ida bunyod etilgan. Xiva shayboniylari sulolasi hukmronligi davrida qurilgan bu inshoot Xiva xoni Sherg‗ozixonning Xurosonga yurishi (1718) chog‗ida qurila boshlangan. Me‘moriy obidaning bunyod etilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan g‗isht, loy, yog‗och, maxsus ―qir‖ qotishmasidan va shunga o‗xshash ashyolardan keng foydalanilgan. Madrasaning bosh tarzi 2 qavatli. Ulkan peshtoq orqali kiraverishda gumbazli miyonsaroy, uning 2 burchagida chortoq tarhli, gumbazli masjid va darsxona joylashgan. Miyonsaroy tepasidagi kichik hujralar talabalar uchun yotoqxona bo‗lgan. Devorlariga tokcha, taxmon, kosamonlar ishlangan. Hovli atrofidagi 1 qavatli qator hujralar oldi ayvonli bo‗lib, hovli o‗rtasida hovuz joylashgan. Madrasa Sharq me‘morchiligi an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, to‗rtburchak tarhli, ―Chor‖ uslubida bunyod etilgan. Me‘moriy obidaning o‗ziga xos tomoni shundaki, uning ichki qismida maqbara ham bunyod etilgan. Maqbara madrasaning bosh tarziga tutash qilib qurilgan. Madrasaning g‗arbida qurilgan kichik xonaga xon jasadi dafn etilgan. Madrasa bir vaqtning o‗zida maqbara vazifasini ham o‗tagan. Sherg‗ozixon madrasasi mamlakatimizning mustaqilligiga qadar va undan keyin bir necha marotaba ta‘mirlandi. Bundan tashqari, Xiva shahrining 2500 yilligi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling