Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 61 devori bilan o‗rab olingan (1842). Ichan qal‘a tashqarisida yashayotgan aholini himoya qilish maqsadida Dishan qal‘a (Tashqari qal‘a) qurilgan. Ollohqulixon 1842- yil Chorjo‗yga yurish qilib, qal‘ani qamal qilgan paytda og‗ir kasalga duchor bo‗lib, orqaga qaytishga majbur bo‗lgan va 23 noyabrda vafot etgan. Uni o‗zi hayot vaqtida tayyorlab qo‗ygan Pahlavon Mahmud maqbarasida dafn etishgan. Ollohqulixon dastlab aholining xatlari va arzlarini ko‗rib chiqish bilan shug‗ullanuvchi dargoh – Arz hovlini 1830-1832-yillarda (darvozasi g‗arbga), uning yonida qabulxona – ishrat hovlini (janubga qaragan) 1837-yil, o‗ziga dam olish maskanini tashkil etish maqsadida 1835-1837-yillarda haram (darvozasi g‗arbga qaragan)ni qurdirgan. Me‘moriy inshoot so‗nggi o‗rta asrlarning oxirlarida, 1830-1838-yillar oralig‗ida bunyod etilgan. Toshhovli Sharq an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, Xorazm mahalliy turar-joy me‘morligiga xos uslubda, shahar tashqarisidagi qo‗rg‗on-hovli ko‗rinishida bo‗lganligi uchun Toshhovli deb nomlangan. Uning qurilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan g‗isht, tosh, loy, yog‗och, maxsus ―qir‖ qotishmasidan va shunga o‗xshash ashyolardan foydalanilgan. Toshhovli 3 hovli, 111 ta xonadan iborat. Atrofi balant devor (qalinligi 1,2-1,5 m.) bilan o‗ralgan. Devor tepasi kungurali, darvoza yonlari guldastali. Tarhi 80x42 m., hovlisi 49x15 m janubiy qismida 5 ta alohida-alohida ayvon bor, ulardan xonalarga dahlizlar orqali kiriladi. Qabulxona (ishrat hovli tarhi 43x36,5 m) haramning janubiy-sharqiy qismida qurilgan. 3 yildan so‗ng janubiy-g‗arbiy burchagida arz hovli (tarhi 35x40 m) qad rostlagan. Har bir hovlida alohida xizmatchilar xonasi, xo‗jalik xonalari, otxona bo‗lgan. Hovlilarda ayvonlar o‗ziga xos uslubda joylashgan. Haramning janubida 2 qavatli bino oldiga baland qilib 1 ustunli ayvon ishlangan, arz hovli va ishrat hovlidagi binoning faqat 2-qavatida 1 ustunli, panjara to‗siqli ayvon bor. Hovli markazidagi doira shaklli supaga chodir o‗rnatilib mehmonlar kutilgan. Toshhovlining tashqi tarzi bezaksiz, yaxlit devorli. Hovli atrofidagi ayvon va xonalar milliy me‘morchilik an‘analari asosida pardozlangan. Devordagi ustungo‗shalar oralig‗iga namoyonlar ishlanib, choksiz ko‗k va oq koshin qoplab, girrix parchinlardan naqsh hosil qilib terilgan. Ishrat hovli va arz hovli devorlari namoyonlarga ajratilib, ko‗k, oq va havo rang koshindan gilam nusxa mujassamot yaratilgan. Ayvon devorlaridagi girrix va islimiy naqshlar orasidagi doira shakllar ichida arabiy yozuvlar uchraydi. Marmar poyustun va o‗ymakori yog‗och ustunlardagi doira shakllarda Ogahiyning Xiva xonlari tarixiga oid she‘rlari, xon ayvonidagi sharqiy poyustunda 1832-yil va ishrat hovli katta ayvon poyustunida, arz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling