Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 52 bo‗lgan. Ayvonlar yozda darsxona vazifasini o‗tagan. 1960-1964-yillarda peshtoq qanoslaridagi koshinkori naqshlar qayta tiklangan. Shuningdek, Sherdor madrasasining Peshtoq ravog‗i tepasi diqqatga sazovor: qizg‗ish zarhal sher oq ohuni quvmoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq ko‗zli yuz shaklida tasvirlanib, zarhal tusli yog‗du bilan hoshiyalangan. Madrasa hovlisi va undagi hujralar ham o‗z me‘moriy yechimlari bilan Ulug‗bek madrasasidan farq qiladi. Sherdor madrasasining devorlarida uni qurgan usta- me‘mor Abdul Jabborning va me‘morchilik bezaklarini yaratgan mohir usta Muhammad Abboslarning nomlari abadiy muhrlanib qolgan. Memoriy obidaning uslubi haqida gapirar ekanmiz, O‗rta Osiyo me‘morchiligida ko‗p uchraydigan gumbazsimon, qo‗sh va ―Chor‖ uslubidan keng foydalanilgan. Madrasaning o‗ziga xos tomonlaridan biri shundaki, me‘moriy inshoot Ulug‗bek madrasasining ro‗parasida bir o‗q chizig‗i bo‗ylab joylashgan. Madrasa masjid vazifasini o‗tagan, hozirgi kunda esa muqaddas qadamjolarimizdan hisoblanadi. Yana shuni ham aytib o‗tish kerakki, madrasa o‗z davrida qurilgan boshqa madrasalardan me‘moriy yechimi bilan ajralib turgan. Mustaqillik yillarida me‘moriy inshootda bir necha bor ta‘mirlash ishlari olib borildi. Ayniqsa, Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan Samarqanddagi boshqa me‘moriy obidalar qatorida Sherdor madrasasi ham ta‘mirlandi. Madrasaning atroflari ko‗kalamzorlashtirilib, o‗zgacha chiroy kasb etdi. Me‘moriy obidaga hukumatimiz tomonidan hamda Xalqaro tashkilotlar tomonidan berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, u ko‗pgina xalqaro sayyohlarning e‘tibor-markazida. Bundan tashqari, inshoot YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. Mamlakatimiz tomonidan berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, 2000-yil 30-avgustda ―Madaniy meros obyektlarini avaylab-asrash to‗g‗risida‖gi qonun va shu kabi huquqiy-me‘yoriy hujjatlar me‘moriy inshootning huquqiy kafolatidir. Madrasada tarixchi-arxeologlar, arxitektorlar tadqiqot ishlari olib borishdi va u haqida bir qancha ilmiy maqolalar, ilmiy ishlar yozildi. Hozirda madrasa davlat himoyasiga olingan tarixiy-moddiy yodgorlik hisoblanadi. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling