Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 50 Qunduz, Badaxshon, 1505-yilda Xorazm, 1507-yilda Hirot ham Shayboniyxon qo‗l ostiga o‗tgan. Keyinroq Eronning Mashhad va Tuya shaharlarini ham egallagan. 1510- yilda Marv yaqinidagi Tahrirobod qishlog‗ida Eron shohi Ismoil Safaviyning 12 ming kishilik askari bilan Shayboniyxon qo‗shini o‗rtasidagi jangda uning qo‗shinlari mag‗lubiyatga uchragan va Shayboniyning o‗zi halok bo‗lgan. Uning boshsiz tanasi Samarqanddagi Baland Sufaga dafn qilingan. Baland Sufa Registon maydonida, Tillakori va Sherdor madrasalari o‗rtasidagi burchakda joylashgan bo‗lib, bu yerga keyinchalik boshqa shayboniylar ham dafn etilgan. Me‘moriy obidaning bunyod etilgan sanasi haqida yagona bir to‗xtamga kelinmagan bo‗lsa-da, uning qurilishi Shayboniylar sulolasi davrida, XVI asrning boshlarida boshlangan, bitgan sanasi 1515-yil ekanligi ayrim manbalar orqali bizga yetib kelgan. Me‘moriy obidaning bunyod etilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan g‗isht, yog‗och, qum, tosh va shu kabi ashyolardan foydalanilgan. Me‘moriy obidaning uslubini yoritar ekanmiz, inshoot Sharq me‘morchiligi an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, ―Chor‖ uslubida bunyod etilgan. Me‘moriy obidaning nima vazifalarni bajarganligiga to‗xtaladigan bo‗lsak, o‗z nomidan ham ma‘lumki, inshoot ta‘lim maskani bo‗lib xizmat qilgan. Shayboniylar daxmasi Samarqanddagi o‗rta asr me‘moriy yodgorligi hisoblangan Shayboniylar daxmasi XV asrda shayboniylar sulolasiga mansub hukmdorlar tomonidan bunyod etilgan qabr- maqbaralar majmuidan iborat. Shayboniyxon 1510-yil Eron shohi Ismoil I Safaviy bilan bo‗lgan jangda halok bo‗lgach, Samarqandga olib kelinib, o‗zi qurgan madrasada marmar supa ostiga dafn etilgan. Supa ostiga Shayboniyxondan tashqari boshqa shayboniy sultonlar va malikalar: Mahmud Sulton (1503-1504-yillar oralig‗ida o‗ldirilgan), Maxdiy Sulton, Hamza Sulton (1511-yil o‗ldirilgan), Muhammad Temur Sulton (1511-yil vafot etgan), Qutlug‗ Muhammad Sulton (1545-yil v.e.), Abulxayr Sulton (1511-yil o‗ldirilgan), Yodgor Sultonim (1526-yil v.e.), Shahribonu xonim (1535-yil v.e.), Shoh Sulton xonim (1530-yil v.e.), Suyunch Muhammad Sulton (1586-yil v.e.)lar dafn etilgan. Download 2.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling