Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

Sherdor madrasasi 


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
51 
Me‘moriy obidaning kim tomonidan 
bunyod etilganligiga to‗xtaladigan bo‗lsak, 
inshoot Yalangto‗shbiy Bahodir tomonidan 
bunyod etilgan.
Me‘moriy obidani bunyod ettirgan shaxs 
haqida gapiradigan bo‗lsak, Yalаngto‗shbiy 
Bаhоdir Sаidqul o‗g‗li, Yalаngto‗shbiy оtаliq 
(1576-yil Nurоtа – 1656-yil Sаmаrqаnd) 
Аshtаrxоniylаr dаvridа olchin qаbilаsidаn 
bo‗lgan hаrbiy-mulkdоr zodаgоnlаrning yirik 
vаkili, Sаmаrqаnd hоkimi (1626-yildаn). Nurоtа hоkimi оilаsidа tug‗ilgаn. 1611-yili 
Imоmqulixоnni tаxtgа o‗tqаzishdа fаоl qаtnаshgаn. Shundаn so‗ng Yalangto‗shbiy 
Bahodirning mаvqеi оrtgаn, u Sаmаrqаndni 1626-yildаn аmаldа mustаqil idоrа etа 
bоshlаgаn va ungа оtаliq unvоni bеrilgаn. Yalangto‗shbiy Bahodirning o‗z qo‗shini 
bo‗lib, аtrоfdаgi tumаnlаrgа bоsqinchilik yurishlаri nаtijаsidа judа kаttа mоddiy 
mаblаg‗ to‗plаgаn. Yalangto‗shbiy Bahodir оbоdоnchilik, qurilish ishlаrigа kаttа 
e‘tibоr bеrgаn, jumlаdаn, Sаmаrqаnddа Shеrdоr mаdrаsа, Tillаkоri mаdrаsа, Mаxdumi 
А‘zаm mаsjidi, xоnаqоsi (1618) vа boshqalarni qurdirgаn. Аbu Tоhirxоjаning 
«Sаmаriya»sidа yozishichа, ―Yalangto‗shbiy Bahodirning qаbri Sаmаrqаnd yaqinidаgi 
Dаhbеddа, Mаxdumi А‘zаmning оyog‗i оstidа, sufа ustidа, mоzоr dеvоrining 
ichidаdir‖. Yalangto‗shbiy Bahodir hаqidаgi xаlq оrаsidа ko‗plаb rivоyatlаr, аfsоnаlаr 
(―Yalаngto‗sh bоtir‖ hikоyasi) to‗qilgаn. 
Me‘moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy sharoit haqida gapiradigan 
bo‗lsak, Imomulixon davri: Amirlar taxtga Boqi Muhammadning o‗g‗li 
Imomqulixonni (1611-1642) o‗tqazadilar. U Vali Muhammad boshlab kelgan Eron 
qo‗shinlarini tor-mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoladi. Vali Muhammad 
asir olinib, qatl qilinadi. 1613-yilda Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum 
qilib, Toshkentni o‗z tasarrufiga kiritdi. O‗g‗li Iskandar sultonni Toshkent hokimi etib 
tayinladi. Iskandar sulton boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko‗paytirib, aholiga qattiq 
zulm o‗tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qo‗zg‗olon ko‗tarildi va Iskandar sulton 
o‗ldirildi. Bu voqeadan xabar topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo‗shin tortdi. 
Qo‗zg‗olonchilar ayovsiz jazolandilar. Imomqulixon davrida markaziy davlat 
hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Imomqulixondan keyin Nodir Muhammad 
(1642-1645) davrida ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi. 
Sherdor madrasasi Imomqulixon hukmronligi davrida, 1619-1636-yillar 
oralig‗ida bunyod etilgan.
Me‘moriy obidaning qurilishida bir qator ashyolar ishlatilgan, shulardan: turli 
xil o‗lchamdagi g‗ishtlar, loy, yog‗och, tosh, maxsus ―qir‖ qotishmasi va shunga 
o‗xshash boshqa ko‗plab ashyolardan keng foydalanilgan.
Madrasaning dizayni, ichki va tashqi ko‗rinishi: Sherdor madrasasining 
koshinlari va bezaklari faqat o‗zigagina xos, betakrordir. Madrasa tarhi to‗rtburchak, 2 
qavatli bo‗lgan. Bosh tarzining 2 qanotida qovurg‗ali gumbaz va minoralar joylashgan. 
Binoning serhashamligi shu peshtoqida, peshtoqning ikki tomonida gumbazli darsxona 
va masjid joylashgan. Hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar (54 ta) va oldi ravoqli ayvon 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling