Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
33 
bilan ziynatlangan. Xonaqoh Sharq an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, ―Chor‖ 
uslubida bunyod etilgan. Bu inshoot Buxorodagi boshqa me‘morchilik namunalaridan 
biroz kichikroq bo‗lsa-da, pishiqligi, ixchamligi bilan boshqa obidalardan farq qilib 
turadi. Fayzobod xonaqohi ochiq ravoqli galereya shaklida qurilganligi bilan ajralib 
turadi.
1997-yil Buxoro shahrining 2700 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha 
me‘moriy inshootlar qatorida Fayzobod xonaqohi ham ta‘mirlandi. Inshoot atrofidagi 
yo‗llarga toshlar yotqizildi va sayirgohga aylantirildi.
Xonaqoh o‗z davrida darveshlar va musofirlar uchun e‘tiqod joyi bo‗lishi bilan 
birga, boshpana vazifasini ham bajargan. 
 
Nodir Devonbegi madrasasi 
Buxoro shahrining Labi hovuz ansambli 
sharqiy qismida joylashgan Nodir Devonbegi 
madrasasi Buxoro xoni Imomqulixonning vaziri 
Nodir Devonbegi (Nodir mirzo Tog‗ay ibn Sulton) 
tomonidan bunyod etilgan. U yuz urug‗i 
boshliqlaridan bo‗lib, XVI asr oxiri – XVII asr 
boshlarida yashab faoliyat ko‗rsatgan. 
Madrasa 1622-1623-yillar oralig‗ida bunyod 
etilgan. Bu so‗nggi o‗rta asrlar davriga to‗g‗ri keladi. 
Me‘moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy shart-sharoit haqida 
gapiradigan bo‗lsak, Imomqulixon taxtga chiqishidan biroz oldin taxtda Boqi 
Muhammad (1601-1605) hukmronlik qilar edi. U 1602-yilda Eron Safaviylariga zarba 
berib, Balxni kuch bilan bo‗ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib 
tayinladi. 1605-yil Boqi Muhammad vafot etgach, ukasi Vali Muhammad taxtga 
o‗tqazildi. Ichki kurashlar yana avj oldi. Qabila beklari xon hokimiyatiga bo‗ysunmay, 
muholifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon 
uyushtirilganligidan xabar topgan Vali Muhammad farzandlarini olib Eronga qochadi. 
Amirlar taxtga Boqi Muhammadning o‗g‗li Imomqulixonni (1611-1642) o‗tkazadilar. 
U Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo‗shinlarini tor-mor keltirib, mamlakat 
mustaqilligini saqlab qoladi. Vali Muhammad asir olinib, qatl qilinadi. 1613-yilda 
Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o‗z tasarrufiga 
kiritdi. O‗g‗li Iskandar sultonni Toshkent hokimi etib tayinladi. Iskandar sulton boj, 
xiroj va boshqa soliqlarni ko‗paytirib, aholiga qattiq zulm o‗tkazdi. Bunga qarshi 
Toshkentda qo‗zg‗olon ko‗tarildi va Iskandar sulton o‗ldirildi. Bu voqeadan xabar 
topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo‗shin tortdi. Qo‗zg‗olonchilar ayovsiz 
jazolandilar. Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan 
mustahkamlandi. Imomqulixondan keyin Nodir Muhammad (1642-1645) davrida 
ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi. 
Nodir Devonbegi madrasasi bunyod etilgan davrda Buxoro xonligida 
Ashtarxoniylar sulolasi hukmronlik qilar edi. 
Me‘moriy obidaning bunyod etilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling