Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
30 
1584-yili Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etadi va o‗z davlati tarkibiga qo‗shib 
oldi. Abdullaxon davrida davlatning sarhadlari janubda Hirotdan Mahshadgacha
shimolda Orol dengizigacha, Kaspiy dengizidan Issiqko‗lgacha yetdi. Markazlashgan 
davlat tashkil etilgach, mamlakatda ilm-fan va madaniyat rivojlandi. 
Abdullaxon timi boshqa tim va toqlar kabi mamlakatdagi savdo-sotiqni tartibga 
solish hamda rijovlantirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda bunyod etilgan. Uning 
qurilishi so‗nggi o‗rta asrlar davrida, 1577-yilga to‗g‗ri keladi. 
Me‘moriy inshootning qurilishida xom va pishgan g‗isht, yog‗och, loy, sement, 
har xil hajmdagi toshlardan keng foydalanilgan. Me‘moriy obidaning umumiy 
ko‗rinishi haqida gapiradigan bo‗lsak, inshootning asosi murabba (to‗rtlik) tarhli 
(39x42 m), 3 tomoni berk, bosh tarzidagi peshtoq orqali kiriladi. Devorlarining 2 
tomonida ravoqli tokchalar joylashgan. Baland gumbazli bostirma timni o‗rab turadi. 
O‗rtadagi miyonsaroy (diametri – 10 m) baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz 
ostidagi ravoqli teshiklardan yorug‗ tushadi. Miyonsaroy atrofi dalon. Dalondagi 
mayda ravoqlar ichida gumbaz tomli do‗konlar bo‗lgan. Bino pishiq g‗ishtdan 
(22x27x3,5 sm) qurilgan, devorlari ganch suvoqli, naqshin bezaklari deyarli 
saqlanmagan. Abdullaxon timi Sharq me‘morchiligini o‗zida mujassamlashtirgan, 
―gumbaz‖ uslubida qurilgan. Me‘moriy obidaning o‗ziga xos tomoni shundaki
Аbdullaxon timi Buxoro shahridagi savdo rastalari, chorsu – toq binolar ichida eng 
kattasi va shakl-u shamoyili jihatidan ancha murakkab va hushbichim hisoblanadi. 
O‗tmishda bu timda shoyi va jun gazlama bilan savdo-sotiq qilingan. Inshoot faqat 
kun yorug‗ida faoliyat ko‗rsatgan. O‗z davrida bu inshootlar tizimi yopiq bozor 
vazifasini bajargan. Me‘moriy obida 1997-yil Buxoro shahrining 2700 yilligi 
munosabati bilan shahardagi barcha me‘moriy inshootlar qatorida Abdullaxon timi 
ham ta‘mirlandi. Tim atrofidagi yo‗llarga pishgan g‗isht yotqizildi va sayirgohga 
aylantirildi. 
Abdullaxon timi ham YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari 
ro‗yxatiga kiritildi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 30-avgustdagi 
―Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‗g‗risida‖gi 
qonuni hamda 2008-yil 12-sentabrdagi ―Muzeylar to‗g‗risida‖gi qonunlari me‘moriy 
inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling