Qanxa davri mudofaa inshootlarini tipologik jihatdan uch guruhga bo’lish mumkin. Bular joy relyefi bilan bog’liq ravishda noto’g’ri tarxli, to’g’ri to’rtburchyk tarhli, do’kaloq tarhli inshootlar


Download 139.5 Kb.
bet1/12
Sana02.05.2023
Hajmi139.5 Kb.
#1423377
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Qanxa davri mudofaa inshootlarini tipologik jihatdan uch guruhga bo’lish mumkin. Bular joy relyefi bilan bog’liq ravishda noto’g’ri tarxli, to’g’ri to’rtburchyk tarhli, do’kaloq tarhli inshootlar. Birinchi toifaga Qal’aliqir 2, Kichik Qirqqizqal’a, Butentovqal’a 1, 2, Burliqal’a, Jigarband, Sadvar, Mang’irqal’a, To’qqal’a va boshqalar kiradi. Shu bilan birga Qanxa davrida istehkomlar joylashishi va tarhidan qat’i nazar, sof geometrik shakl kasb etadi Masalan, arxitektura tarh yechimi nuqtai nazaridan oldindan tekislangan asosga ishora qiluvchi Jonbosqal’a muntazam to’g’ri burchakli aniq tarhga ega. Ularga Hazorasp, Xivadagi Ichan qal’a, Xivadagi Tuproqqal’a, Yangiarikdagi Tuproqqal’a, Olmaotishgan, Voyengan, Kaparas, Katga Guldursun, Katta Qirqqizqal’a, Oqshaxonqal’a, Ayozqal’a 1, Qo’rg’oshinqal’a, Sho’rcha va boshqa qal’alar kiradi. Bu davrda kvadrat tarhli istehkomlar, jumladan, Bozorqal’a, Burliqal’a 2, Ko’nerliqal’a, Govurqal’a 1 va 2, Tuproqqal’a 3 shahristonlari barpo etildi. |Mudofaada burjlar bilan himoyalanmagan burchaklar kabi zaif joilar bo’lmasligi uchun qal’alar ba’zan dumaloq yoki oval shaklda qurilgan. Bunday tipdagi tarhlar ham harbiy, ham ibodat vazifalari bilan bog’liq bo’lgan. Masalan, Kichik Qirqqizqal’ada oval tarh harbiy vazifa nuqtai nazaridan talab qilingan. Qo’yqirilganqal’a esa, aftidan harbiy vazifadan ko’ra ko’proq ibodat bilan bog’liq bo’lgan. Xorazmning bu paytlardagi chegaralari g’arbda miloddan avvalgi IV asrdan boshlab tepaliklarda joylashgan chegara qal’alari bo’yicha belgilanadi. Agar ularni janubdan shimolga tomon sanab chiqilsa, bular-Qanhxaqal’a, Butentov 1 va 2, Devkesgan, Katta Aybuyirqal’a va boshqalardir. Bu qal’alarning bari, qoidaga ko’ra, antik davr oxirigacha (milodiy IV asrgacha) mavjud bo’lib kelgan (Tolstov, 1958, 71 va keyingi betlar, 81 va keyingi betlar;
Bu davrda Xorazmning markaziy mintaqalarida ham, chegara mintaqalarida ham mudofaa inshootlari qurilishi bo’yicha qadimgi an’analar saqlanib qolgan. Avvalgidek, tarhi to’g’ri burchak shaklidagi Tuproqqal’a, Bo’ldimsoz, Qo’rg’onqal’a singari va boshqa istehkomlar yetakchi tip bo’lib qolgan.

Download 139.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling