Qo’rg’onlar qo’shdevorli, otish yo’lagi, devor yuzasida burjlari bo’lgan qo’rg’onlar (Qal’aliqir 2, Ayozqal’a 1, Govurqal’a 1, Sho’rcha, Qo’rg’onqal’a, Sulton Uvays tog’idagi Govurqal’a, Qo’rg’oshinqal’a, Xivadagi Tuproqqal’a, Kaparas, To’qqal’a va boshqalar; 2) qo’shdevorli, biroq burjlari bo’lmagan qo’rg’onlar (Jonbosqal’a, Qal’ajiq, Kichik Qirqqizqal’a, Govurqal’a 2, Burliqal’a, Qoratepa va boshqalar); 3) otish yo’lagi va burjlari bo’lmagan qo’rg’onlar (Oqchagelin Oqchungul va boshqalar).
Istehkomli ibodatxona inshootlariga Qo’yqirilganqal’a Shovotdagi Tuproqqal’a va Toshxirmon kiradi. Ellikqal’a tumani hududida joylashgan, to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni – 17ga Tuproqqal’a yodgorligining qurilishi tarixi masalasida turli fikrlar mavjud. Tuproqqal’ada eng qadimiy madaniy qatlamgacha tadqiqot ishlari olib borilgan emas, shuning uchun ham uning qurilish xronologiyasi munozarali bo’lib qolmoqda. Bizningcha yodgorlik miloddan avvalgi IV asrda qurilgan bo`lib Tuproqqal’a Xorazmshoxlarning yozgi qarorgohi, poytaxt esa Akshaxon qal’asi bo’lgan. Shahar darvozasi janub tomonda joylashib, to’g’riburchakli labirint bilan mustahkamlangan, kungurga ega emas. Darvozadan qarshi tomonda kengligi 10 m ko’cha o’tgan bo’lib, ichki qismini ikki mahallaga ajratgan uy-joylar zich joylashgan. Shaharning shimoliy-g’arbiy qismida saroy joylashgan, uchta kungur bilan mustahkamlangan. Saroyda bir necha «Katta zallar» ochilgan bo’lib, ularning devorlarida turli haykal tasvirlari tushirilgan, topilgan ashyolarga qarab uy xonalari «Podsho zali», «Askar zali», «Bug’u zali» nomini olgan. Saroy xonalaridagi katta ahamiyatga ega bo’lgan ashyolardan biri teri va yog’och taxtachalarga yozilgan 120ga yaqin podsholik arxiv xujjatlari olinganligidir.
Qadimda ikki qatorli mudofaa devor bilan o’rab olingan, devor o’z navbatida aylana shakldagi kunguralar bilan o’rab olingan.
Shaharning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini o’rganish maqsadida M.Mambetullaev shaharning bir necha joyida tadqiqot ishlarini olib bordi, natijada 10 ta qurilish davri mavjudligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |