Qanxa davri mudofaa inshootlarini tipologik jihatdan uch guruhga bo’lish mumkin. Bular joy relyefi bilan bog’liq ravishda noto’g’ri tarxli, to’g’ri to’rtburchyk tarhli, do’kaloq tarhli inshootlar
Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlarining tipologik tasnifi
Download 139.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shahar tipidagi istehkomli manzilgohlar
Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlarining tipologik tasnifi. Salaflar tajribasidan foydalanish (Tolstov, Nerazik, Mambetullayev va boshqalar) qadimgi Xorazm me`morchiligida mudofaa inshootlari tasnifining yangi variantini taxmin qilish imkonini beradi. Tashqi alomatlarni hisobga olib, mudofaa inshootlarining me`morchiligining besh asosiy tipini ajratib ko’rsatish mumkin. Bulardan 1-shahar tipidagi istehkomli manzilgohlar; 2-qal’alar; 3-istehkomli ibodat inshootlari; 4-istehkomli binolar yoki kazarmalar; 5-uzun devorlar
Shahar tipidagi istehkomli manzilgohlar- maydoni 5 gektardan 70 gektargacha bo’lgan yirik istehkomli manzilgohlar. Ularning konturini tashqi devor aniq ko’rsatib turadi. Bular, o’z navatida, ikki tipga bo’linadi: Birinchisi-qo’rg’oni va mudofaa devori bo’lgan shahar (Ko’zaliqir - 25 gektar, Qal’aliqir 1 - 70 gektar, Oqshaxonqal’a - 56 gektar, Bozorqal’a - 33 gektar, Ichan qal’a - Xiva - 26 gektar, Devkesgan-20 gektar, X,azorasp- 10 gektar, Tuproqqal’a -17 gektar va boshqalar). Ark. Mudofaaning so’nggi marrasi bo’lgan ark qadimgi shaharlar harbiy istehkomining eng muhim elementlaridan biridir. Arklar ko’hna shaharlar harobalari yuzasida yaqqol ko’rinib, ularning hozirgi relyefida aniq ajralib turadi. Arklar Bozorqal’a73 www.ziyouz.com kutubxonasi G’ayratdin Xodjaniyazov da, Oqshaxonqal’ada, Devkesganda, Eresqal’ada, Tuproqqal’ada va qadimgi Xorazmning boshqa istehkomlarida aniqlangan Bozorqal’a arki (miloddan avvalgi IV-III asrlar) xavf-xatar tug’ilganda va marosimlarda hamda boshqa paytlarda boshpana sifatida xizmat qilgan qurib tugallanmagan joy hisoblanadi. Bu arkda qazish ishlari olib borilmaguncha u qanchalik darajada qurib bitirilgani to’g’risida hukm chiqarish qiyin. Shu bois bu masalani maxsus tadqiq qilish zarur Ichki yo’lagi bo’lgan devor bilan o’rab olingan Tuproqqal’a arki shaharning shimoli-g’arbiy burchagida joylashgan. Uning devori shahar hududidan 3,24 gektar maydonni kesib olgan. Qo’rg’onning shimoli-g’arbiy burchagida joylashgan, juda baland (14,30 m) stilobat ustiga ko’tarilgan qasr shahar istehkomi tizimiga ulkan qal’a bo’lib kirgan Ular tashqi dushmandan himoyalanish uchun eng qulay punktda barpo etilib, tarhi to’g’riburchak shaklda, qal’a devorining burchaklaridan birida joylashgan. Ark devorlari ikki xil burj bilan himoyalangan. Bir xili yarim oval shaklda (Bozorqal’a) va ikkinchi xili to’g’riburchak shaklda (Oqshaxonqal’a, Ayozqal’a 3, Dumanqal’at Tuproqqal’a va boshqalar), ba’zan ular burchak joylarda «qaldirg’ochdumi» shaklini olgan (Bozorqal’a). Ularning peshdarvoza inshootlari har xil tipda bo’lgan. Ichki imoratlardan qasr, ibodatxona, aslahaxona va qal’a boshpanasi sifatida foydalanilgan. Afsuski, qadimgi Xorazm do’rg’onlari to’g’risida materiallar kam bo’lgani uchun ularni to’liq tavsiflashning imkoni yo’q va bu masala o’z tadqiqotchilarini kutmoqda. Kushonlar davrida arklar baland asosga qurilganligi e’tiborni tortadi. Tuproqqal’a buning yorqin misolidir Dumanqal’a arki ham baland asosga qurilgan. Xorazmda arklar uch xil yo’l bilan paydo bo’lganligi taxmin qilinadi. Birinchidan, qo’rg’onlar shaharning dastlabki asosi bo’lgan. Bunday manzara arxaik davrdayoq kuzatilgan. Ko’zaliqir shahristoni qal’a devori bilan ikki qismga bo’lingan. Ulardan biri arklari shahar istehkomlari umumiy mudofaa tizimida Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlarining janubi-g’arbiy qismida joylashgan. Boshqa qismi - Past shahar bo’lgan. Oqshaxonqal’ada ham shunday manzarani kuzatish mumkin. Bu yerda ham shahar ikki qismga: Yuqori shahar va Past shaharga bo’lingan. Ayozqal’a 3 ham shu toifa tiplaridan biriga kiradi. Ikkinchidan, arklar shahar bilan bir vaqtda qurilgan (Bozorqal’a). Uchinchidan, ular allaqachon mavjud bo’lgan manzilgohlarda qurilgan (Tuproqqal’a). - Ikkinchisi - mudofaa devori bilan o’rab olingan, arksiz shaharlar (Katta Aybuyirqal’a- 10 gektar, so’lsohil Kat - 8,5 gektar Bu shahristonlardan har biri vohadagi muayyan hudud markazi bo’lgan. Download 139.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling