Qanxa davri mudofaa inshootlarini tipologik jihatdan uch guruhga bo’lish mumkin. Bular joy relyefi bilan bog’liq ravishda noto’g’ri tarxli, to’g’ri to’rtburchyk tarhli, do’kaloq tarhli inshootlar


Toshkent viloyati hududida antik davr yodgorliklari


Download 139.5 Kb.
bet12/12
Sana02.05.2023
Hajmi139.5 Kb.
#1423377
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Toshkent viloyati hududida antik davr yodgorliklari
Viloyat hududidagi tarixiy obidalarda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi arxeologiya institutining Yu.F.Buryakov, M.I.Filanovich, K.Abdullaev, X.Duke rahbarligidagi arxeologik guruhlari qazish ishlarini olib bordilar, natijada antik davrga oid ashyolar olindi.
Shoshtepa – Salar kanali sohilida joylashgan, to’g’ri burchak shaklda 300x150 m, 4,5 ga. 1978–1979 yilda yodgorlikning janubi-sharqiy qismida joylashgan arkda qazish ishlari olib borildi, natijada III qurilish davri aniqlandi. Arxeologik ashyolarga qarab Shoshtepaning xronologik davri aniqlandi.
Shoshtepa I - (mil.av. V – IV asrlar)
Shoshtepa II - (mil.av III – II asr boshlari)
Shoshtepa III - (mil.av II – I asrlar)
Kanka – Ohangaron daryosi sohilida balandlikka to’g’ri bo’lmagan to’g’riburchak shaklda qurilgan, umumiy maydoni 150 ga. Qadimda devor bilan o’rab olingan. Shimol tomon burchagida ark joylashgan. Devor avval paxsadan, keyin xom g’ishtdan tiklangan. Devorda aylana shaklda kungurlar mavjud, uning hajmi 9 m.
Kavardan – noto’g’ri to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni – 75 ga. Qadimda ikki qatorli devor bilan o’rab olingan. Aylana shakldagi arkka ega. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida antik davr yodgorliklari juda kam o’rganilgan. Jizzax hududida Zamin shahari to’g’risida kam ma’lumotlar bor.
Download 139.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling