Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
32 
Fathulla Qushbegi madrasasi 
 
Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida Buxoroning eski shahar qismida 
bunyod etilgan Fathulla Qushbegi madrasasi shu nomdagi shaxs tomonidan qurilgan. 
Fathulla ibn Mahmud (?-1597) Miyonqolda tug‗ilgan. Buxoro xonligida Parvonachi, 
Pirmuhammadxon davrida Shig‗ovul lavozimida ishlagan. Iskandar va Abdullaxon II 
hukmronligi davrida esa Qushbegi lavozimida faoliyat yuritgan. Abdullaxoning 
maxsus buyrug‗i bilan davlat xazinasi hisobidan Buxoroda madrasa bunyod ettirishda 
faol ishtirok etgani uchun u qurdirgan madrasa xalq orasida Fathulla Qushbegi nomi 
bilan mashhur bo‗lgan.
Fathulla Qushbegi madrasasi XVI asrning so‗nggi choragida, 1585-1586-
yillarda bunyod etilgan.
U Sharq me‘morchilik an‘analarini o‗zida mujassamlashtirgan, ‖Chor‖ uslubida 
bunyod etilgan. Me‘moriy obidani bunyod etilishida har xil o‗lchamdagi xom va 
pishgan g‗isht, tosh, loy, yog‗och va shunga o‗xshash mahsulotlardan foydalanilgan. 
Inshoot madrasa, qishgi va yozgi masjid, darsxona, kutubxona va hujralardan iborat. 
Binoning old tomoni 2 qavatli, qolgan tomonlari 1 qavatli. Bino burchaklarida burjlar 
ishlangan, sirti sirkor parchinlar bilan bezatilgan. Uning umumiy tuzilishi Buxoroning 
boshqa madrasalaridan biroz farq qiladi. Darsxona atrofidagi 9 ta xonaning usti 
gumbazlar bilan yopilgan. Binoning ichki tuzilishi ham o‗ziga xos bezaklangan. Hovli 
44 ta bir qavatli xonalar bilan o‗ralgan. Tashqi ayvonning ko‗cha tomoni past devor 
bilan to‗silgan.
Fathulla Qushbegi madrasasi XX asrning o‗rtalarida buzilib ketgan. 
Fayzobod xonaqohi 
 
Buxoro shahridagi Fayzobod xonaqohi 
shayboniylar davlati amaldorlaridan biri bo‗lgan 
Do‗stum Devonbegi tomonidan bunyod etilgan. 
U Buxoro xonligida, Abdullaxon II davrida 
davlatning devonbegisi – bosh vaziri lavozimida, 
keyinchalik moliya va xazina ishlari bilan 
shug‗ullangan mansabdor shaxs bo‗lgan. 
Xonaqoh so‗nggi o‗rta asrlarning dastlabki 
bosqichida, 1598-1599-yillarda bunyod etilgan. 
Uning qurilishida har xil o‗lchamdagi xom va pishgan g‗isht, loy, yog‗och, 
toshlar va shunga o‗xshash ashyolardan foydalanilgan. Xonaqoh ko‗p xonali, peshtoq-
gumbazli, tarhi 35x28,8 m. Markazida gumbazli katta xonaqoh (12,7x12,7 m), 3 
tomondan ravoqli bostirma (galereya) o‗rab turadi. Old tomonida ulkan peshtoq, 2 
yon tomonida 2 qavatli hujralar hamda ravoqli yo‗lak joylashgan. Peshtoq va hujralar 
tobadoniga ganchkori panjaralar ishlangan, xonaqoh gumbazi 8 qirrali poygumbazga 
o‗rnatilgan. Xonaga yorug‗lik poygumbazdagi darchalardan tushadi. Uning ichi, 
gumbaz osti qirma pardozi naqsh bilan nafis bezatilgan. Kulrang va sariq ganchdan 
o‗yib islimiy naqsh ishlangan. Bag‗allari muqarnas bilan, hoshiyasi sodda naqshlar 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling