Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Download 2.22 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1
olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
Obidalar.uz 25 Masjid va xonaqohning bosh zallari baraban shakldagi gumbazlar bilan yopilgan. Ularning intereri jonli ishlangan. O‗zaro kesishgan arkalar va chatishib ketgan paruslar ustida derazachali barabanlar, ularning usti esa gumbaz bilan yopilgan. XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrda Buxoroda iqtisodiy va siyosiy jihatdan tushkunlik yuzaga kela borgan. Bu davrlarda qurilishlar davom etsa-da, biroq me‘morchilik san‘ati sezilarli darajada to‗xtab qolgan. Yaratilgan inshootlarning sifati badiiy va texnik jihatdan avvalgilarga nisbatan pasaygan. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib Buxoro xonligi o‗zining iqtisodiy va madaniy mavqeini yo‗qota boshlagan. Mang‗itlar vaqtida (1753-1920-yillar) Buxoro uchun tushkunlikka tushgan davr bo‗lgan. Bu davrda qurilish ishlari deyarli to‗xtab qolgan, me‘morchilik ham aytarli darajada rivojlanmagan. Govkushon madrasasi Govkushon madrasasi Buxorodagi jo‗ybor shayxlari tomonidan bunyod etilgan. Inshootning qurilishida homiylik qilgan jo‗yboriylar Muhammad Islom (taxminan 1493- 1563) va Xoja Sa‘d (1531/32-1589)lardir. Ma‘lumki, xoja Muhammad Islom va uning avlodlari o‗zlarini aslzoda va valiylar avlodi ekanliklarini ko‗rsatish maqsadida, o‗z shaxslarini ota tomondan Muhammad payg‗ambar avlodlariga, ona tomondan esa Chingizxon va Jo‗jiga olib borib ulaydilar. Aslzodalik va tariqatdagi yuqori mavqelariga ko‗ra, Jo‗ybor xojalari somoniylar davridan boshlaboq davlat ishlarida muhim lavozimlarni egallaganlar. Shayxlarning asosiy boyliklari xonlar, sultonlar va badavlat shaxslar tomonidan berilgan tortiqlar asosida hosil bo‗lgan. Xoja Muhammad Islom ombor va sandiqlarida saqlanayotgan sarmoya va turli-tuman qimmatbaho matolardan tashqari, Buxoro, Samarqand, Nasaf, Marv va boshqa viloyatlarda 300 jufti gov (2500 gektar) yer-suvga ega bo‗lgan. Shuningdek, qo‗l ostida 10 ming qo‗y, 700 ot, 500 tuya, 104 ta hunarmandchilik va savdo do‗konlari, 7 tegirmon, ko‗plab hammomlar, sardobalar va boshqa mol-mulk bo‗lgan. Xoja Muhammad Islomning o‗g‗li va vorisi Xoja Sa‘d esa 2 ming jufti gov (17 ming gektar) sermahsul yer, 2,5 ming qo‗y, 1000 ta tuya, 1000 ta yilqi, 12 ta hammom, 10 sardoba, 2 karvonsaroy egasi hisoblangan. Ana shularning hammasidan u yiliga 1,6 million tanga daromad qilgan. Shuningdek, qalmoq, rus va hindlardan iborat uning 1000 ta quli ham bo‗lgan. Govkushon madrasasi so‗nggi o‗rta asrlarning dastlabki bosqichida, shayboniylar hukmronligi davrida, XVI asrda bunyod etilgan. Uning bunyod etilishda har xil o‗lchamdagi xom va pishgan g‗isht, yog‗och, loy, tosh, tunuka va shu kabi ashyolardan foydalanilgan. Govkushon madrasasi va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling