Olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma Obidalar uz


olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/165
Sana10.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1697006
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   165
Bog'liq
tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz1

olimpiada ishtirokchilari uchun o‘quv qo‘llanma
  
Obidalar.uz
 
19 
yangi qurilgan masjid joylashgan hudud zamonaviy talablarga mos qilib 
obodonlashtirildi.
Me‘moriy obidaga hukumatimiz hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan 
berilayotgan e‘tiborga to‗xtaladigan bo‗lsak, madrasa YUNESKO tashkilotining
Butun Jahon yodgorliklari ro‗yxatiga kiritildi. 1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy 
markazi (1-sessiya, Kolumbiya) ―Butunjahon madaniy meroslari ro‗yxati‖ga 
kiritilgan. 
Masjidi Kalon 
 
Masjidi Kalon inshooti o‗rta asrlarning 
noyob me‘morchilik namunasi bo‗lib, uning 
o‗rnida 
dastlab 
qoraxoniylar 
sulolasi 
hukmronligi davrida Juma masjidi bunyod 
etilgan. Shayboniylar davrida esa u Masjidi 
Kalon sifatida qayta qurildi. Masjidning hozirgi 
ko‗rinishi Shayboniylar sulolasiga mansub 
xonlar tomonidan bunyod etilgan. 
Me‘moriy obidani bunyod ettirgan shaxslar 
haqida 
gapiradigan 
bo‗lsak, 
inshootning 
ko‗pgina qismlari Ubaydullaxon, Abdulazizxon 
va Abdullaxon davrida qurilgan. Abdulazizxon (1509-1550) – Shayboniylardan
Ubaydullaxonning o‗g‗li, Xorazm hokimi (1538-1539). Otasining vafoti (1540)dan 
so‗ng mamlakatda ikki hokimiyatchilik yuzaga kelib, Abdulazizxon Buxoro xoni 
(1540-1550), Ko‗chkinchixonning o‗g‗li Abdulatifxon esa Samarqand xoni (1540-
1551) bo‗lgan. Abdulazizxon o‗z hukmronligi davrida davlat va aholi manfaatlarini
ko‗zlab qaror islohotlar o‗tkazgan, ayrim soliqlar (tanob puli, tafovut va tavfiri va b.)ni 
bekor qilgan, Buxoro atrofini yangi devor bilan o‗rashga kirishgan (uni Abdullaxon II 
bitkazgan bo‗lib, XX asr boshlarigacha saqlangan). Bundan tashqari u Buxoroda 
madrasa, ulkan kutubxona, Bahouddin Naqshband qabristonida xonaqohlar bunyod 
ettirgan.
Abdullaxon (to‗liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja 
Muhammad ibn Abdulxayrxon) (1534, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‗i – 1598, 
Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) – o‗zbek 
davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng 
yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma‘rifat, madaniyat 
homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‗lgan. Otasi Iskandar 
sulton o‗g‗li tug‗ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik, aftidan aka-ukalaridan biri 
vafot etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin 
parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat 
hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‗idan qattiq kurash olib borgan. 
Abdullaxon II hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san‘at, shaharsozlik, adabiyot 
va shu kabi sohalar gullab-yashnadi.
Buxoroning eski shahar qismida joylashgan Masjidi Kalon rivojlangan va so‗nggi 



Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling